Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va roli



Yüklə 72 Kb.
səhifə1/4
tarix10.11.2022
ölçüsü72 Kb.
#68308
  1   2   3   4
1547356073 73835


Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va roli

Reja:



  1. Amir Temur shaxsiga bo’lgan munosabat.

  2. Amir Temur davri manbashunosligi.

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, vatanimiz tarixini yana ham chuqurroq o’rganish imkoniyati vujudga keldi. Sal kam bir yarim asr davom etgan, dastlab rus podshosi, so’ngra bol’sheviklar o’rnatgan sho’ro saltanatining mustamlakachiligidan ozod bo’lish katta tarixiy voqea bo’ldi. Uning aks sadosi mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va milliy qadriyatlarni, o’zlikni anglash, ayniqsa, tariximizga bo’lgan munosabatda ham yaqqol ko’rinib turibdi. O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug’ allomalarining mamlakat qolaversa jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e`zozlashni o’rniga qo’yadi, boshqalarga ham uni e`tirof ettiradi. Biz tutgan bu yo’l buyuk sohibqiron Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Iso at-Termiziy, Imom al-Buxoriy, Najmiddin Qubro, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Bobur va boshqa allomalarimizning tavallud topgan sanalarini nishonlashda o’z isbotini topdi.
O’zbekiston Respublikasini XXI asrda jahonning ilg’or va etakchi davlatlari qatorida bo’lishini ta`minlashga qodir va qobil izdoshlarga ehtiyoji kun sayin ortib bormoqda. Ular ona Vatan-O’zbekiston manfaatlarini har jihatdan, chunonchi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ma`naviy-ruhiy himoya qila oladigan salohiyatga ega bo’lishlari lozim. Buning uchun nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki o’tmishda o’tgan buyuk bobolarning hayoti va faoliyatini mukammal bilishlari shu kunning asosiy talabi hisoblanadi. Bularni egallamay turib biror bir shaxs komillik darajasiga erisha olmaydi.
Tarixda o’tgan buyuk shaxslarimiz, ayniqsa. Amir Temurning hayoti va faoliyati bunda asosiy mezon bo’la oladi. Uning har qanday mushkul siyosiy, harbiy, diplomatik vaziyatlardan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, temir irodaviy xususiyatlari avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, vatanga xizmat qilish namunasi bo’lib qolishi lozim.
Endigi gap ana shunday bemisl va betakror, butun jahon e`tirofiga sazovor bo’lgan buyuk siyosiy va harbiy arbob, fan vak madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temurning hayotini chuqur va zehn bilan o’rganishda qolgan. Yoshlarimiz uni qanchalik mukammal o’rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O’zbekistonning sobitqadam, jasur, aql-idrokli ona vatan qudratini jahonga ko’z-ko’z qilishga qodir va xos fidoiy farzandlari bo’lib etishadilar.
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur alohida o’rinda turadi. Ulug’ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o’lchov bilan baholab bo’lmaydi. Uning to’g’risida keragidan ortiqcha ko’p kitoblar, maqolalar, esdaliklar, sahna asarlari yaratilgan. Ammo ular bir-biriga o’xshamaydi, bir-birini inkor etadi. B uyozma manbalarning ba`zilarida Temurning ijtimoiy-siyosiy va davlat faoliyati xolisona va ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan bo’lsa, boshqa birovlarida g’arazlik, ochiqdan-ochiq dushmanlik, ko’rolmaslik jarayonida turib, sub`ektiv fikr va xulosalar ilgari surilgan. Bunday manba asarlarining mualliflari ulug’ bobolarimiz Amir Temurni «qonxo’r», «bosqinchi», «kallakesar», «o’g’ri» va hakozo deb tuhmat qiladilar. Masalaning eng ayanchli va mudhish tomoni shundaki, G’arbiy Evropaning ilg’or mamlakatlari Angliya, Frantsiya, Germ
Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin