Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix30.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#62539
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47



XALQ 0 ‘YINLARI — BOLALAR UCHUN HAYOT MAKTABI
« 0 ‘yin» va «raqs» tushunchalarini farqlamay qoilash odat tusiga kirgan, 
go‘yoki ular bir hodisaday, ular orasida hech qanaqa tafovut yo‘qday. Asli- 
da-chi? Aslida ular bir-biriga mohiyatan o‘xshamaydigan hodisalar bo‘Iib, har 
biri o‘z tabiatiga ega, o‘ziga xos qonuniyatlar asosida yashaydi, rivojlanadi. 
Rost, har ikkalasi ham harakat zamirida qurilgan, qolaversa, raqs, qisman esa- 
da, o‘yindan o‘sib chiqqan. Shu vajdanmikin, «o‘yin» nisbatan keng ma’noli 
tushunchaga aylangan, raqs hodisasini anglatadigan ma’noda ham qoilanave- 
rilgan. Buni xalqona o‘yinlar misolida ravshanroq ko‘rish mumkin. Aytaylik, 
«Chittigul» harakatni so‘z boshqarishi asosida qurilgan qizaloqlar o‘yini. Qiza- 
loqlar uni erta bahorda (endigina nish otib ko'kara boshlagan gul-u sabzalar- 
ni ko‘rib quvonch va hayajondan entikib) «chittigul» — aslida ular chuchuk 
tilida chiqqan, hayajonga limmo-lim «chiqdi gul!» iborasi ekanligini inobatga 
oling, qo'l ushlashib davra hosil qilgan holda aylana turíb, o‘zaro jo ‘rovozlikda 
qo‘shiqni kuylashadi. Bunda aylanish harakati qo'shiq uchun ritmik — ohang- 
dorlik asos vazifasini bajargan:
Etagingga gul bosay,
Bir yonini yon bosay.
Naqorat ijrosi jarayonida esa aylanayotgan yondosh qizaloqlar shiddat bilan 
juñ-juñ boiishi, bir-birlarining kaftlariga kañlari bilan uch marta urib kuylashda 
davom etishgan:
Ha-yu,chittigul,
Ha-yu, chittigul!
0 ‘yin nihoyasida oxirgi marta kaftlami urishtirib, har bir qizaloq o‘z o‘mida 
gir aylanib turib:
Ha-yu, chittigul,
Ha-yu!..

der ekan, barchalari birvarakayiga gurra tarqalishgan ( 0 ‘yin qaytarilganda yana 
yuqoridadi tartibga amal qilingan).


Ko'rinib turibdiki, «Chittigul»da ham o‘yin, ham raqs, ham qo‘shiq unsurlari 
o‘zaro singishib ketgan. Shunday ekan, uning o'zi nima? 0 ‘yinmi? Raqsmi? Yoki 
qo'shiq? Undagi raqsga xos harakatlar butunlay raqs deyishga asos bo'lolmaydi. 
Chunki ularda nafosat yetishmaydi (Ular hammabop, odmi harakatlar). Raqs esa 
nazokatga yo'g'rilgan jozibali harakatlar majmui boMib, har kim ham ijro qilaver- 
maydigan san’at darajasidagi hodisadir. Shu mantiqning o'ziyoq «Chittigul» raqs­
ga xos ibtidoiy harakatlarga ega esa-da, hali tom ma’nodagi raqs darajasiga o'sib 
chiqolmaganini ayonlashtiradi. Unda harakatning hammaboplik xususiyati ustuvor 
ekan, shuning o'ziyoq ommaboplik fazilati ustuvor bo‘lgan o'yinga mansublik alo- 
matini kuchaytiradi. Qolaversa, «Chittigul» shunchaki qo'shiq ham emas. Undagi 
qo'shiq — o'yinning ajralmas uzvi, xolos. Shu qo'shiq bo‘lmasa undagi harakat 
ham yuzaga kelmaydi. Bu shunday qo‘shiqki, butun o'yin davomida harakatni 
ta’minlabgina qolmay, balki ravishini boshqarib turadi, shu asosda kompozitsion 
yaxlitlikni yuzaga keltiradi, shu bois «Chittigul» harakatni so‘z boshqaradigan 
behad ommaviy o'yin turi. Uning o'yinligini tasdiqlovchi yana bir muhim alomati
— o’yin ham, tomoshabin ham ijrochilarning o'zlari ekanligidaki, raqsda bunday 
uyg‘unlik yo‘q. Raqsda bir-biriga ma’naviy emotsionallik rishtalari bilan bog'lan- 
gan raqqos yoki raqqosa olami va undan zavq-u surur olishga chog'langan tomos- 
habinlar olami bor. Ular alohida-alohida olamlar-ku, lekin purma’no harakatlami 
kuzatuvchi nigohlar vositasida o‘zaro tutashgan.
Bolalar o‘yinlarida esa bunday emas, ularda o'yin ham, tomoshabin ham bo- 
lalaming o'zlari, bunda o‘yinchi va tomoshabin yagona bir siymoda namoyon 
bo‘ladi, ular o'zaro tutashgan. Shu bois har bir o'yin o‘ziga xos dramatik asarday, 
hayotning qay bir parchasi, qay bir dardi, qay bir muammosini aks ettiruvchi sah- 
na asariday bo'lib, uning muallifi ham, ijrochisi ham tag'in o'sha bolalaming 
o'zlari... Bunda bolalaming ijodkorlik salohiyatlari haqiqatan namoyon bo'ladi. 
Zero, bolalar o'ynab zavq oladi, o'ynab kurashga tushadi, o‘ynab magiubiyat 
alamini totadi, o‘ynab g'oliblik nashidasini suradi, o'ynab o'rganadi, o'ynab kashf 
etish va ijod qilish ilmini o'zlashtiradi, o‘ynab kuylaydi, o'ynab hamdardlik va 
hamkorlik tuyg'usini tuyadi, okynab birlashadi va birlashmoq manfaatdorligini 
his qiladi, hatto o'ynab judo bo‘ladi, yolg‘izlanadi va yakkalik iztirobini tortadi. 
O'yinda harakat hayot ma’nolarini ifoda etuvchi ma’no kasb etsa-da, asosan, taq- 
lidiy mohiyatga ega. Chunki bolalar kattalarga taqlid qila turib o‘ynaydilar, taqlid 
ular uchun olamni va odamni o‘zlashtirish vositasiga aylanadi. «Xalq ommasi 
bag'rida kechayotgan bolalar turmushining alohida nuqtalari bor, — deb yozgan 
edi rus folklorshunosi G.Vinogradov. — Bolalar o‘zlarini ayrim ajratilgan alohida 
olam sifatida anglashadi va yashashadi. Kattalar ishtirokisiz ham o‘yin o‘ynay 
bilishadi, o‘ynab turib o'rganadi, bevosita kattalardan emas, o‘z akasidan ular me-


rosini o'zlashtiradi, raqsni o'rganadi — yana o'sha kattalardan emas, ko'pincha 
ulardan olamshumul sir tutgan holda shu tariqa atrofhi o'ragan muhitni anglash 
har gal ham kattalar ta’siri va rahbarligida kechavermaydi»1. Shunga qaramay, bo­
lalar faoliyatida taqlidchilikning yetakchi tamoyilligi rad etib bo'lmas haqiqatdir. 
Har bir taqlidiy harakat ulaming o'yinlarida turmushning qay bir qirrasini aks et- 
tiruvchi ma’no kasb eta boradi. Aytaylik, uzun xivichni toychoq qilib minib oigan 
va har gal: «Chu!» — deya unga qamchi bosib chopqillagan bolakay quvonchi 
haqiqiy chavandoznikidan kam emas. U hatto entikkanidan toychoqday kishnab 
ham qo'yadi. «Urush-urush»ga o'ynab o'yinchoq to'pponchasi (miltiqchasi)dan 
«paq» etib otarkan, haqiqiy g'oliblik nash’asini surganday sezadi o'zini. O'yin­
choq moshinchasida tuproq solib olib, o'zi «qurgan» yo'lakchadan sudrab turib 
«bib-bib»lab chopayotgan bolakay tuygan zavq haqiqiy shofyomikidan kam emas. 
Qo'g'irchog'ini allalab uxlatayotgan yoki unga «ovqat yedirayotgan» qizaloq kay- 
fiyatida haqiqiy onalamikidan qolishmaydigan surur bor. Yoxud o'shal qizaloq 
loydan «xamir» qorib, «kulcha»lar pishirib, mehmondorchilik taomilini o'ynab tu­
rib ado etarkan, bundan tuygan sururida kattalaming haqiqiy mehmonnavozlikda 
his qiladigan jonbaxsh safo bor, albatta.
Chelakchasida suv tashiganida, loydan uycha qurgan ida, tuproqdan xirmon 
uyganida bolakay shunchaki o'ynamaydi, kattalarga taqlid qila turib mehnat qilgan 
bo'ladi. Bu shunchaki taqlidiy mehnat emas, balki unga xos jarayonlami o'zlash- 
tirish, mehnatning mohiyatini idrok etishdan iborat hayot sabog'idir. U hayotni 
o'ynab turib o'zlashtiradi, o'ynab turib ijodiy salohiyatini shakllantiradi va tob- 
laydi, o'ynab turib bunyodkorlikni o'rganadi va kelajakning bunyodkori bo'lib 
yetishadi. Binobarin, o'yin — bolalar uchun hayotni o'rganish va o'zlashtirish 
alifbosi, donolar iborasi bilan aytganda, «har qanday bilimning alifbosi, ular fan va 
bilimdonlikning birinchi darajali buyuk pillapoyalari» hisoblanadi. Bolalar o'ynab 
turib yashashadi, bu shunday hayotki, bolalaming ham vujudini chiniqtiradi, ham 
ongini shakllantiradi va o'stiradi. Olamni anglash va o'zlashtirish mashqlaridan 
tarkib topgan bunday hayot - bolalar uchun jiddiy mashg'ulot ham.
O'yinlaming xalq tarixiy qismati, olis o'tmishga xos turmush tarzi, urf-odatla- 
ri zuhur topgan. Bola o'yin jarayonida ajdodlarining ana shu tarixidan voqif bo'la­
di, bunday voqiflik zamirida esa Vatanni anglash, unga mehr bilan qarash hissi 
uyg'onadi, o'zligini anglashga yo‘1 ocha boradi. «Qo'rg'on olish» shunday tarixiy 
jangovar o'yinlardan. U, asosan, qisqagina dialog negizida qurilgan. Ammo unda 
o'ynoqi ritm mayjud, shu ritm savol-javobning poetik ohangini ta’minlagan:


— Abdurahmon qoqvosh.
— Labbevosh.
Tuyangqayda?
Ola tog'da.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin