Cheklashish xalqimiz orasida qadimdan ma’lum. M.Qoshg‘ariy «cheklashdi»
so'zining «qur’a tashlash» ma’nosi borligini qayd etgan. 0 ‘tmishda qur’a tashlab
tole sinashgan, fol ochib taqdirini oldindan bashorat qilishgan.
Folbinlar faoliyati-
da qur’a tashlab fol ochish an’anasi hamon uchraydi.
Ayni choqda qur’a tashlash hozirgi zamon sportida ham keng qo'llanilmoqda.
Bu hodisa bolalar o'yinidagi cheklashish asosida yuzaga kelgan. Bolalar o'yinlar
ichki mantiqiga ko‘ra cheklashishni kattalardan o'zlashtirganlar va o‘z o'yinlari
xarakteriga moslashtirib takomillashtirganlar.
Cheklashish bo'lajak ikki raqib guruh onaboshilari tanlangandan so'ng amalga
oshiriladigan o‘yin muqaddimasi bo'lib, ko‘p hollarda qur’a tashlash yo‘li bilan
hal qilinishi an’anaviydir.
Qur’a tashlash — cheklashishning predmetli shakli: unda konkret narsalar —
oshiq, tanga, yog'och
tayoqchaning uchi va oxiri, to'rtburchak toshchaning yoki
boshqa istalgan predmetning belgilangan tomoni qur’a vositalari sanaladi. Ona-
boshilaming
biri oshiqning olchi, tanganing old, yog‘och
tayoqchaning uchini,
ikkinchisi shu predmetlaming aksini «o'ziniki» qilgan bo'ladi. O'ynamoqchi
bo'lgan bolalar juft-juft bo'lib, biri oshiqning olchi tomonini «o'ziniki» qilib,
uni otadi; oshiq olchi tursa, olchi tomoni «o'ziniki» bo'lgan
bola olchini tanlagan
onaboshi yoniga o'tadi, tow a tursa, towa tomoni «o'ziniki» boigan bola towani
tanlagan onaboshi yoniga o'tadi.
Ijtimoiy taraqqiyot ta’sirida bolalaming o'yin bilan bog'liq estetik ehtiyojlari
ham o'sa bordi. Buning oqibatida qur’a tashlash predmetlilik
doirasida qolib ket-
may, qur’a predmeti harakati ritmiga omixta qo'shiq bilan sintezlasha bordi. Ikki
bola yog'och tayoqchani navbatma-navbat tutib, tubandagi qo'shiqni aytadilar:
Ol tiyoq,
Olmon tiyoq.
Burgut tiyoq.
Dostları ilə paylaş: