bo‘g‘inlar miqdori ham hamisha teng bo'lavermaydi. Biroq bolalaming o‘yinga
chorlov kechinmalarini konkret vaziyatga bog'liq
holda ifodalaydi va hamisha
bolalami o‘yinga chaqiruvchi poetik lavhalar sifatida qarab, chorlamalar deb atash
to'g'riroq bo‘lur edi. Shunda mazkur folkloristik hodisa mohiyatini ifodalovchi
termin aniqligiga va bu terminni folklorshunoslikda qo‘llashning o‘ng‘ayligiga
erishish mumkin bo'lur edi.
Zotan, bunday chorlamalaming ijrosi har xil xususiyatga ega, ayrimlari yakka
ovozning hayqirig‘iga moMjallangan:
Bacha, bacha, hozi,
Kim qora qozi?
Kim о ‘yinga chiqmasa.
Bo 'yniga tosh-tarozi.
Bacha bo ‘bang, kelaver,
О ‘ynab-o ‘ynab kelaver.
Kel-ho, kel,
Kel-ho, kel...
Chorlama ohangi yolg‘iz bolaning ko‘cha bo‘ylab sakrab-sakrab chopish
harakati ritmiga mos. Unda o‘yin istagi bahonasida
bolalikka munosabatdagi
shafqatsizlik kinoyaviy ishoralarda fosh qilingan: lirik qahramon o‘yinga hakam-
lik qiluvchini qozining qora ishini qilmaslikdan ogohlantirayotganday — «kim
qora qozi?» 0 ‘yinga chiqmayotganlarini esa kattalar singari qarg‘ayotganday —
«bo‘yniga tosh-tarozi».
Ayrim chörlamalarda o‘yinga chaqirilayotgan bolalaming holati va vazi-
yatidan kulish zaminida quvnoq yumor voqe bo‘ladi. Bunda u konkretlashadi,
adreslilik kasb etadi. Masalan, quyidagi chorlamada Rahima o‘yinga cha-
qirilmoqda. Nimagadir u hadeganda o'yinga chiqmayapti. Shunda dugonalari
uni «Rahima xola» deya chaqirishib, uning keksalar kabi o‘yinga
hafsalasizlik
ko‘rsatayotganiga piching qilishadi:
Кип botdi-yu, кип botdi,
Rahima xola yotdi,
Yotdi-yu, dong qotdi.
Gohida yumoristik adreslilik parallelizm asosida ham namoyon boMadi:
Chumchuqcha chirillaydi,
Qanoti pirillaydi.
Sidiqaxon uydan chiqsa,
Otasi g ‘urullaydi.
Parallelizm chörlamalarda turlicha g'oyaviy-estetik vazifalami bajaradi.
Yuqoridagi chorlamada chumchuqning chirillashi, qanotining pirillashi bolalarda
noxushlik tug‘dirgan. Binobarin, Sidiqaxonning o‘ynagani chiqishiga otasining
g‘urullashi ham shunday assotsiatsiya uyg‘otishi tabiiy. Tubandagi chorlamada
esa o‘ynagani to'planishgan, ammo o‘yin tashkilotchisi — onaboshi chiqmagani-
dan o‘ynash ehtiroslari yonib-jo‘shib turgan bolalar holati
parallelizm vositasida
teran ifodalanib turadi:
O 'zbargani suvi bor,
Daraxtlari xuddi dor.
Onaboshi, qani chiq,
Bachalaring senga zor.
Chindan ham onaboshisiz nima qilishlarini bilmay turgan bolalar holati dorga
osilib muallaq qolganga o‘xshaydi.
Jo‘rovoz bo‘lib aytiladigan chorlamalar ham anchagina, ulami ham bir bola
emas, balki ikki-uchtasi birgalikda hayqirib aytishadi. Jo'rovoz tarzida aytiladigan
bunday chorlamalar kokpchilikka qaratilganligi,
konkret bolani emas, balki umu-
man hammani o'yinga taklif etish xarakteriga egaligi bilan ajralib turadi:
Hoy bolalar, bolalar,
Bekinmachoq o ‘ynaymiz.
Tarqalishmang har tomon,
Qochib nima qilasiz?
Shuni ham aytish kerakki, bolalar repertuarida chorlamalar ancha siyrak-
lashib qoldi. Buning sababini sotsial voqelikning bolalar turmushiga, aniqrog'i,
o‘yin faoliyatiga o‘tkazgan ta’siri bilan izohlash mumkin. Shunga qaramay,
hozirgi sharoitda ham zamonamiz nafasiga yo‘g‘rilgan chorlamalar yaratilmoqda.
Chunonchi:
Bizlar o ‘ynayapmiz,
Davra qurayapmiz.
Davraga kelinglar,
Bizlarga qo ‘shilinglar.
Bu davrani qurgan
üulnorani
k o
'ringlar.
Albatta, bu yagona zamonaviy
chorlama emas, bolalar repertuarida ular ancha
gina bo‘lib, yangicha g‘oyaviy fazilatlar kasb eta boshlagan holda badiiy jihatdan
takomillashuv jarayonini kechayotgani shubhasiz. Binobarin, bunday jarayonni
muttasil kuzatish, chorlamalami yanada aktivroq to'plash, ilmiy asosda o'rganish
va nashr etish folklorshunoslik e’tiborida turishi lozim.