Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix30.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#62539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47

Harakaíli o ‘yinlar
Bu xil o‘yin larda harakatni yuzaga keltiruvchi vositalar turlicha namoyon 
boiadi. Shu xususiyatiga ko‘ra ular uch ichki xilma-xillikka ega:
a) Sof harakatdan iborat o‘yinlar. Bulami taqlidiy o‘yinlar ham deyish 
mumkin. Chunki harakat taqlid asosida yuzaga keladi. «Almash qadamlar», 
«Sirg‘anchiq yoki toyinishma», «Ona tovuq va hakka», «Jik-jik», «Bekinma- 
choq», «Puqmipuq», «Yashirinmachoq», «Duk-duk», «Quvlashmachoq», «Shax- 
shax» va boshqa juda ko‘p shu xildagi o‘yinlarda harakat u yo bu hodisaga taqlid 
zamirida voqelikka aylangan.
To‘g‘ri, taqlidu boshqa turga mansub o‘yinlar uchun ham begona emas, lekin 
ularda harakatni yuzaga keltiruvchi vositaga aylanmagan, sof harakatdan iborat 
o‘yinlarda esa u harakatni voqelikka aylantirgan vosita, o‘ziga xos mehvar dara- 
jasida, binobarin, uningsiz o‘yin ham yuzaga kelmagan bo‘lurdi.
Shuni ham ta’kidlash o'rinliki, sof harakatdan iborat o‘yinlaming ko'pligi 
maktabgacha yoshdagi kichkintoylar va kichik yoshdagi o'quvchilarga mosligi 
bilan ajralib turadi.
b) Harakatni predmet boshqaradigan o‘yinlar. Bular kichik hamda o‘rta 
yoshdagi bolalar hamda o‘smirlarga mos boiib, ulardagi harakatni tuproq, tosh- 
cha, tanga, loy, hango‘z, oshiq, danak, yong‘oq, ro‘mol, chillak va chillakdasta
jirttak, lanka, to‘p, koptok, qo‘g‘irchoq, turli-tuman o‘yinchoqlar yuzaga keltiradi. 
Bu turdagi o‘yinlarda narsa (o'yinchoq) harakatni yuzaga keltiradi va boshqaradi. 
Taassufki, o‘zbek xalq o‘yinlarini to‘plash va o‘rganishga kam e’tibor berilgan- 
ligidan ularga daxldor milliy an’anaviy o‘yinchoqlami yig'ish va tadqiq qilish 
ham nazardan qolib keldi. Bu sohada E.M.Peshcherovaning 1957-yilda e’lon 
qilgan «Tojiklar va o‘zbeklarda bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlar (1924—1935- 
yillardagi materiallar asosida)» maqolasidan boshqa biror jiddiy ish yo‘q'. Bi­
nobarin, bu turdagi o‘yinlarga xos o‘yinchoqlar (qo‘g‘irchoqlar, sopol va metall 
hushtaklar, yog‘och g‘ildirakli itarma aravachalar, g‘arg‘aralar, kamonlar, toshdan 
va yog‘ochdan yo‘nilgan ishti va hango‘zlar, akkol va akkoldastalar, soqqalar,


varraklar, parraklar, jun to‘pchiqlar, suv solib puflanganda sayraydigan bulbul- 
chalar, uch g'ildirakli gav g‘altaklar, halo‘ngilar, g‘altag-u g‘altakchalar va h.k.) 
to‘planmog‘i va ulaming bolalar ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishdagi mohiyati 
o'rganilmog'i zarur. Bu alohida, biroq kechiktirib boMmaydigan tadqiqot mavzu- 
laridan hisoblanadi.
Shunisi muhimki, o‘tmishda bu o‘yinchoqlaming aksariyatini bolalaming 
o‘zlari yasashgan, yo‘ngan, tikkan, xullas, tayyorlashgan. Bu ham bolalarda ijod­
korlik malakasini shakllantirishga xizmat qilgan, pirovard-oqibatda esa yo'qni 
yo‘ndirib bo‘lsa-da, o‘yinni tashkil etuvchi topqirlikka o‘rgatgan. Qizlar qo‘g‘ir- 
choq yasamoqchi boMishsa, bir tugma, ozgina ip va matoh, ikkita cho‘pchak to- 
pishsa boMadi, o‘zlari uni tayyorlayverishgan. Toychoq mingisi kelgan bolakay 
uchun uzun novda topilsa — yetarli sanalgan. Suv va tuproq bor joyda istagancha 
loy o‘yinchoqlami tayyorlay olganlar. To'pchiqqa ehtiyoj sezganlarida tullagan 
sigir junini olib, kaftlariga hovuchlab, ozgina suv sepib ho‘llab ishqalasalar boMa­
di — jun to‘pchiq tayyor! Xullas, o‘yin taqozo etgan istalgan vaziyatdan bolalar 
ana shunday topqirlik va sinchkov ijod yoki ixtirolari tufayli chiqa olganlar.
Afsuski, 50-60-yillardan boshlab tayyor «madaniy o'yinchoqlarga ruju 
qo‘yish bolalarda ana shunday topqirlik va ijodkorlik ruhini birmuncha zaiflash- 
tirdi. 0 ‘g‘il bolalaming topgani — tayyor fútbol, qizaloqlaming topgani «mama» 
deguvchi tayyor qo‘g‘irchoqqa aylandi. 0 ‘zbek milliy o‘yinchoqlar vositasida xal- 
qimizga xos milliylikni anglab yetishlariga monelik yuzaga keldi. Endilikda zud- 
lik bilan ana shu kemtiklikka barham berish milliy istiqlolimiz taqozo etayotgan 
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin