Yashirinib boMishgach, toparmonga shu xususda
ogohlantiruvchi ishora be-
riladi. Ko‘p hollarda «puq» yoki «pub» deyilgan ishora berilsa, ayrim hollarda
qo'shiq shunday ishora vazifasini o'taydi:
Oq sovun, ko 'k sovun,
O ‘rtasi atirsovun.
Pub-pub, pishdi,
Pub-pub, pishdi...
Yoki :
Ana man, ana man,
Echki boqib kelaman.
Shu yerdan tulki o ‘tdimi?
Dumi loyga botdimi?
Gulbutaning tayiga
G'azal aytib yotdimi?
Shuni
ham aytish kerakki, «Yashinmachoq» o‘yinidagi qo‘shiqlar butun
o‘yinning tub mohiyatini belgilamaydi,
aksincha, o‘yin kompozitsiyasidagi biror
qismgagina daxldor boiadi, o‘sha qismga xos harakatga omuxta tarzda ijro etiladi.
Aytaylik, yuqorida keltirilgan to‘rt qo‘shiqdan dastlabki
ikkitasi faqat yashirinish
uchun tarqalayotgan paytda aytilsa, so'nggi ikkitasi yashirinib boigandan keyin
yashiringanlik haqida ishora tarzida aytiladi. Bunday hollarda qo‘shiq o‘yin kom-
pozitsiyasining uzviy qismiga — biror tarkibiy bo‘lagiga aylanadi, xolos.
0 ‘zbek bolalari repertuarida qo‘shiq kompozitsiyasiga aylangan o‘yinlar
butun bir silsilani tashkil etadi... «Yashirganirani top», «Chopa turib o‘tirish»,
«Yoshlam-yoshlam», «Oltin darvoza», «Xurmacha bog‘i», «Mehmon-meh-
mon», «Moy kulcha», «Chap berish», «Besh tosh» «To‘y-to‘y», «Sakra-sakra»,
«Otish-otish», «Urush-urush», «Jik-jik», « 0 ‘y o‘ylash», «Bozor-bozor», «Quv-
lashmachoq», «Otilgan do‘ppini kim oldin olib keladi?», «Tez qaytish», «Kim
chopag‘on», «Zum-zum», «Mushuk-sichqon», «Pishakvoy», «Quyonim» va
boshqalar ana shunday xarakterga ega.
«Xurmacha bog‘i», «Mushuk-sichqon», «Yoshlam-yoshlam» ko‘p
variantli
o‘yinlar sifatida o‘tgan asrlardanoq bolalar repertuarini muzayyan etib kelmo-
qda. Ular davr ruhiga yo‘g‘rilib, yangi motivlami ifodalab,
hamon bolalaming
sevimli o'yini bo‘lib qolmoqda. Bolalar o‘ylashni o‘yinga aylantirganlarida ham
Vatan dushmanlariga qasoslari borligini yashirishmaydi. «O‘y o‘ylash» o‘yinidagi
qo‘shiqda shu motiv ifodalangan:
—
O ‘y o 'ylasang,
Dostları ilə paylaş: