Ekonametrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifkatsiya bosqichining ahamyati
“Ekonometorik modellashtirish” fani korxonalar va firmalarning xo`jalik jarayonlari, obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida shakllanayotgan mikro- va makro ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o`zgarish qonuniyatlari, pirovard moliyaviy natijalarni ekonometrik modellari va ma’lumotlar tizimi orqali ifodalangan asosiy ko`rsatkichlar, ularning barqarorligi va tebranish xususiyatlarini maxsus tuzilgan ekonometrik modellar yordamida o`rganadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro`y berayotgan jiddiy tarkibiy o`zgarishlar tashqi iqtisodiy ko`rsatkichlarda o`zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday iqtisodiy o`sishga erishishda, avvalambor, keng ko`lamli tizimli bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilganligi katta ahamiyatga egadir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro`y berayotgan jiddiy tarkibiy o`zgarishlar tashqi iqtisodiy ko`rsatkichlarda o`zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday iqtisodiy o`sishga erishishda, avvalambor, keng ko`lamli tizimli bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilganligi katta ahamiyatga egadir.
Ekonometrik modellashtirish” fanining predmeti va uning o`ziga xos xususiyatlari
“Ekonometrik modellashtirish” fani milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini kompleks tahlil qilish, barqaror iqtisodiy o`sishning ko`p variantli modellarini yaratish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va taqchil resurslardan optimal foydalanish yo`nalishlarini aniqlab beradi.
iqtisodiyot bo`yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga, iqtisodiy rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi;
iqtisodiyot bo`yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga, iqtisodiy rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi;
milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish orqali unga tashqi ta’sirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga ta’sirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi;
qo`yilgan muammoni nafaqat analitik ifodalab qolmasdan, balki axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar ta’sirini aniqlay oladigan milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlar va korxonalarning biznes-jarayonlarini modellashtirishga ko`maklashadi;
Ekonometrik modellashtirish” fanining vazifalari
“Ekonometrik modellashtirish” fanining birinchi vazifasi - kuzatishlar yoki maxsus o`tkazilgan eksperimentlar natijasida olingan statistik ma’lumotlarni to`plash va guruhlash usullarini o`rgatish hisoblanadi.
“Ekonometrik modellashtirish” fanining ikkinchi vazifasi:
hodisaning noma’lum ehtimolligini baholash; noma’lum taqsimot funksiyasini baholash; ko`rinishi ma’lum bo`lgan taqsimotning parametrlarini baholash; tasodifiy miqdorning boshqa bitta yoki bir nechta tasodifiy miqdorlarga bog`liqligini baholash va h.k.;
noma’lum taqsimotning ko`rinishi haqidagi yoki ko`rinishi ma’lum bo`lgan taqsimot parametrlarining miqdori haqidagi statistik gipotezalarni tekshirish kabi tadqiqot maqsadlariga bog`liq ravishda statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ekonometrik usullar
Xo`jalikni rivojlanish tajribasi ko`rsatadiki, iqtisodiyot fanining oldiga umuman va “Ekonometrik modellashtirish” fani oldiga xususan turli bosqichlarda yangi vazifalar qo`yilgan, ular avvalgi qo`yilgan vazifalarga e’tiborni oshirish bilan boshqa, zarur muammolar aksent bilan belgilanar edi. Bu jarayon tabiiyki, keyinchalik ham davom etib kelaveradi.
“Ekonometrik modellashtirish” fani matematika bilan bog`langanligi shu bilan aniqlanadiki, u yoki bu bilim sohasi miqdoriy munosabatlarni o`rganish xususiyatlariga egadir.
Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.
Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo`yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to`planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalari, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko`rsatkichlar aniqlanadi.
modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
model parametrlarining ishonchliligi Styudent mezoni bo`yicha baholanadi;
Darbin-Uotson mezoni yordamida “Eng kichik kvadratlar usuli” ning bajarilish shartlari tekshiriladi.
To`rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.
Yuqorida sanab o`tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog`liq va biri ikkinchisini to`ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuni eslatib o`tish kerakki, masalani kompyuterda echish uchun standart dastur bo`lishi kerak, agar unday dastur bo`lmasa, uni ma’lum algoritmlar asosida tuzish zarur.