O ‘ying o 'ngisin,
Tog ‘ bag ‘rida yotib olsa,
Qo 'ychi o 'ngisin.
Qo'ychi bo'lsang,
Qo 'ylaringni birga boqaylik.
Dushmanlarning
k o
‘kragiga
O'tlar yoqaylik.
0 ‘ylay bilish — katta san’at, uning vositasida voqelikni idrok qilish yo‘li
ochiladi. Bu o‘yinda ham shunday bo‘layotir. 0 ‘yinchi shunchaki o‘ylamayotir,
balki o‘yinga parvoz berganidan yuksak tog‘ xayolini chulg‘agan. Tog‘ bag‘ridagi
qo‘ychi va qo‘ylar — mehnatkash inson va el boyligi unga muqaddas tuyulma-
ganidan, ular bir ipda tizilganday, pirovard-oqibatda shularga zavol keltirmoqchi
boMgan dushmanga nafrat va qasos o'yinga aylangan. Bu o‘yinlaming barchasida
vatanparvarlik pafos darajasiga ko‘tarilgan.
«Kim chopag‘on», «Zum-zum», «Tez qaytish» «Quvlashmachoq», «Ushla-
ma» va boshqa shunga o‘xshash o‘yinlar bolalaming jismoniy chiniqishlariga
ma’naviy ko'rk bag'ishlaydi; ulami chaqqon, epchil, sezgir bo‘lishga, aniq moMjal
olishga, vaziyatni baholay bilishga o‘rgatadi. «Kim chopag‘on»da tez chopish mu-
sobaqasining mohiyati o'yin (ona) boshi qo‘shig‘ida shunday ifodalanadi:
Karim kamonga ketdi,
Sobir somonga ketdi.
Tolib, Tesha — ikkovi
Ikki tomonga ketdi.
Qaysisi kelsa oldin
Manov sovg 'ani olsin,
Husht!
«Zum-zum» o'yin chillak o'yinining bir ko‘rinishi bo‘lib, yutqizgan to-
mon zum chopib dovni bermog‘i lozim. Bunda yutgan tomon chillakni yerga
tushirmay, muallaqligicha chillakdasta bilan necha marta ura olsa, shu sanoq dara-
jasigacha uni uzoq masofaga yo‘naltirib zarb bilan uradi. Yutqizgan shu masofaga
bir nafasda «zum» degancha chopib kelmog‘i shart. Albatta, awalo, u shu ma-
sofaning uzoq-yaqinligini chamalab, uning qancha qismigacha nafasi yetishini
inobatga olmog‘i, so‘ngra, o‘sha masofaning ma’lum qismini quyidagi qo‘shiqni
aytish hisobiga chopib o‘tmog‘i kerak:
Shoyi
k o
'ylak kiymayman,
Hilpillatib yurmayman.
Kalish-mahsi kiymayman.
G 'irchillatib yurmayman.
Botinkamni kiymayman,
Do ‘qillatib yurmayman,
Oyoqyalang chopaman.
Chopaman, doving beraman,
Zum...m...m...
Ana shu zum bilan marraga yetib kelish shart. Aks holda uzilgan joydan o‘yin
qayta boshlanadi.
«Kattalaming o‘z o‘yinlari bo‘lganidek, — deb yozadi professor G.Vinogra-
dov, — bolalaming ham o‘z o‘yinlari bor, ular o‘zaro juda ko‘p umumiyliklarga
ega bo‘lsalar-da, bir-birlaridan shunchalik ajralib turadilarki, ana shu farqlami
o'Tganish lozim»1. Zotan, o‘yin ko‘p hollarda kattalar uchun jiddiy ishlardan
ma’lum muddatga chekinish, hamma narsadan qimmatli vaqtni zoye ketkizmaslik
uchun hordiq chiqarish va o‘z aqliy-intellektual hamda jismoniy kuchlarini yig‘ib
yangidan bir shiddat hosil qilish vositasi. Bundan kattalar orasida qaror topgan
musobaqa xarakteridagi o‘yinlar mustasno, albatta.
Rost, aslida har qanday o‘yin asosida kurash va tortishuvda zuhur topgan mu
sobaqa yotadi. Biroq shu kurash va tortishuvning shiddati pirovard-oqibatda shu
musobaqa tabiatini belgilaydi, shu bois qay bir o‘yin shunchaki hordiqqa xizmat
qilsa, qay biri chinakam kurash negizidagi musobaqa tusini oigan. Kurash, ko‘pka-
ri, chavandozlik singari qator o‘yinlar sport o‘yinlari shaklini oigan. Bolalar o‘yin-
lari esa tamoman o‘zgacha mazmunga ega. U — turli yoshdagi bolalar hayotining
ajralmas tarkibiy qismi, o‘sish va ulg‘ayish, chiniqish va toblanish pillapoyalari.
0 ‘yin bolalar beshikdaliklaridayoq hayotlariga kirib boradi: «Bordi-bordi»yu,
«Havzak-havzak»lar boMib, shaqildog‘-u tutanchiq singari o'yinchoqlar boMib,
bolalar ulg‘aygan sayin o‘yinlari ham beshikdan uyga, uydan hovliga, hovlidan
ko‘chaga, keng maydonlarga ko‘cha boradi, ham shaklan, ham mazmunan murak-
kablashadi, hayotning barcha qirralarini muqallidan ilg‘ay boradi, qolaversa, hatto
bolalaming j insiga ko‘ra tafovut hosil qila boshlaydi, kechki yoki kunduzgilikdan
iborat vaqt tamoyilini kasb etadi, hatto yilning qaysi faslida o‘ynalishi qat’iylasha
boradi. Shu tufayli bolalikning har bosqichiga muvofiqlashgan o‘z o'yinlari bor;
qizlaming o‘g‘il bolalardan, o‘g‘il bolalaming esa qizlardan farq qiladigan, ayni
zamonda har ikkala jinsning aralash holda o‘ynashlariga muvofiqlashgan o‘vin-
lari turkumlashgan. Ulaming faqat bahorda, faqat yozda, faqat kuzda yoki faqat
qishda o‘ynaladigan turkumlari shakllangan. Bu, albatta, u yoki bu o‘yinning fasl-
lar o‘zgarishi bilan yuz beradigan mehnat jarayonlari, ularga daxldor urf-odatlar.
irim-sirimlarga muqallidiy xatti-harakatlari natijasida yuzaga kelganligi oqibatidir.
Shu bois poliz qo‘riqchiligi, bog‘dorchilik, chorvachilik, quruvchilik, kulolchilik,
ovchilik, baliqchilik, nowoylik, pazandachilik, harbiy va boshqa kasb-u korlarga
muqallidan yuzaga kelgan o‘yinlar bisyordir.
Shuni ta’kidlash joizki, majburiylik — o‘yin tabiatiga yot. U bolalardagi ijod-
korlik salohiyatini so‘ndiradi. Shu bois bolalar qaysi o‘yinni istasalar — uni ixti-
yoriy tanlaydilar. 0 ‘yin tanlash — o‘yin maylini, zavqini yuzaga keltirishi shart.
Shundagina bolalar shunchaki o‘ynamaydilar, balki o‘yinda yashaydilar, o‘yin
ular uchun olamshumul zavq-u shavqqa, turmush darsligiga aylanadi.
0 ‘yinlaraing turmush darsligi sifatidagi mohiyatini anglash — bolalarda
unga nisbatan mas’ullik tuyg‘usini, o‘yin qoidalariga qat’iy rioya qilish burchini
shakllantirgan. Shu boisdan bolalar o‘yin intizomiga qat'iy amal qiladilar. Shu
zaminda asrlar davomida o‘yinlarning o‘z ichki qonuniyatlari shakllanganki,
bu bolalaming ahillik, hamkorlik, birodarlik, tezkorlik, chaqqonlik, epchillik,
bardoshlilik, matonatlilik, jamoatchilik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalovchi
mohiyat kasb etishini ta’minlagan. Shu zaminda o‘yinlar ko‘p vazifali hodisaga
aylangan: ular hayot sabog'i sifatida ijtimoiy mazmun kasb etsa, bolalami
jismonan va ma’nan chiniqtirib, axloqiy-tarbiyaviy vazifani o‘tagan. Shu fazilati
bilan etnopedagogik mohiyat kasb etgan. Xalq urf-odatlarini, rasm-rasumlarini
ifodalab, etnografik vazifa bajargan. Aytaylik, hozir ham shofirkonlik keksalar
orasida bolalaming erta bahordagi o‘yinlariga qarab yilning qanday kelishini
bashorat qilish udumi mavjud. Ular e ’tiqodicha, bolalar erta bahorda tuproqni uyib
«xirmonlar» yasashsa, «yo‘lkalar solishsa» — yil to‘kin va farovon kelarmish,
bordi-yu bolalar yemi o'ydim-chuqur qilib o‘ynashsa — yil og‘ir kelarmish,
o‘lim ko‘p bo‘larmish...
0 ‘yin intizomiga qat’iy amal qilish — bolalarda burch va mas’uliyat tuyg‘usi-
ni uyg‘otadi, shu fazilati tufayli bolalarda huquqiy ong kurtak yozilishiga zamin
tayyorlanadi. Bolalar jamiyatdagi o‘z mavqelarini idrok qila boradi lar.
0 ‘yinlarda harakat ritmik mutanosiblikka ega. Bu, o‘z navbatida, harakatga
omuxta ritmik o‘ynoqi qo'shiqlar vositasida bolalarda go‘zallikni his qilish mala-
kasini shakllantiradi, ularda go'zallik tuyg'ularini junbushga solib, estetik vazifani
bajaradi.
Qolaversa, bolalar o‘yinning o'zigagina emas, balki uni boshlash va yakun-
lashga ham alohida ahamiyat beradilar. Awalo, birgina bolaning o‘zi yolg‘iz
holda kamdan kam o‘ynaydi. Garchi o‘zbek bolalari o‘yinlarida yolg‘iz bolaga
mo‘ljallangan o‘yinlar bor ersa-da, behad kam. 0 ‘yinlaming aksariyati ikki va un-
dan ortiq bola faoliyatiga moijallangan. Shu boisdan o‘ynagani ko‘chaga chiqqan
yolg‘iz bola darhol sherik izlashga tushadi, tengqurlarini o‘yinga chorlaydi. Aytish
mumkinki, o‘yin ana shu chorlamdan boshlanadi, aslida.
Nihoyat, bolalar yig'ilishgach, qaysi o‘yinni o'ynash masalasi jumboqqa ayla-
nadi. Bu masala o'yin tashkilotchilari sifatida tanilgan, shu bolalar to'pida e’tirof
etilgan, tan olingan sarkorlar maslahati bilan hal qilingan. Bunday o'yin tashki
lotchilari 0 ‘zbekistonning turli joylarida «o'yinboshi», «onaboshi», «jo‘raboshi»,
«boshliq» atamalari bilan nomlanadi.
Shulaming irodasi bilan tanlangan o'yinni xarakteriga qarab, demokratik
asosda tashkil etishga kirishiladi. Aytaylik, o‘yin qarama-qarshi taraflarga bo'lin-
gan holda o'ynaladigan bo'lsa — cheklanish; alohida galda (navbatda) turuvchini
aniqlash asosida o'ynaladigan boisa — sanashish tadbirlariga amal qilinadi, bu
bolalarda norozilik kayfiyati tug'ilishining oldini oladi, g'irromliklarga to'siq sola-
di,
0‘yinchilami o‘z guruhlari atrofida jipsroq uyushuvini va shu guruh (jamoa) ol-
dida mas’ullik tuyishni ta’minlaydi, o'yinning demokratik mohiyatini kuchaytira-
di. Shu tariqa chorlama, cheklashmachoq va sanamalardan iborat an’anaviy o'yin
boshlamalari yuzaga kelgan.
0 ‘yinni boshlamay chala tashlab ketishga, yutqiza turib tan bermay qochishga
hech bir ishtirokchining haqqi yo‘q. O'yin hamma ishtirokchilar uchun baravar va
bir vaqtda tugaydi. Binobarin, bolalar o'yinni yakunlamoqchi bo'lishsa, uning tu-
gaganini e’lon qiladilar.
Ko'rinadiki, o'yin kompozitsion tarkibiga ko'ra an’anaviy debocha (chorlama,
cheklashmachoq va sanama, o'yinning o z i va intihosi (tarqalmachoq)dan iborat,
shu qismlar birgalikda uning kompozitsion yaxlitligini ta'minlagan1.
O'yinlarda harakat ikki vazifani ado etadi: birinchisi — bola tanasi va a’zola-
rini jismoniy jihatdan chiniqtiradi, bolani epchil qiladi, chaqqonlikka. tezkorlikka,
chidamlilikka, uddaburonlikka, o'z kuchiga ishonishga o'rgatadi; ikkinchisi —
bolalami mushohada qildirtiradi, ma’naviy nigohini o'tkirlashtiradi, teranlashu-
radi, kutilmagan qarorlar qabul qilishga chog'laydi, xullas, har ikkala holatda ham
topqirlikka o'rgatadi, ham jismoniy, ham ma’naviyligi mohiyatiga ko'ra o'zbek
xalq bolalar o'yinlarini ikki katta guruhga boiish mumkin:
|