“Atletika” yunoncha so’z bo’lib, u bellashuv, kurash, mashq ma’nolarini anglatadi. Qadimgi Yunonistonda kuch va chaqqonlik bo’yicha bellashganlarni atletlar deb nomlaganlar.
Qadimiy Olimpiada o’yinlarida (mil.avv. 776-yildan mil.avv. 394-yilgacha) asosan Yengil atletika bo’yicha Musobaqalar uyishtirilgan. Zamonaviy yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada (1859-yildan) umumgrek o’yinlari o’tkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896-yildan)ning ahamiyati katta bo’ldi. Jaxongir sarkarda bobokolonimiz Amir Temur esa o’z askarlarini jismonan baquvvat, epchil va chidamli qilib tarbiyalashda yengil atletikani, past-baland joylarda Yugurish (kross),nayza otish, tosh irg’itish, to’siqlardan sakrab o’tish mashqlaridan muntazam ravishda foydalangan.

Zamonaviy yengil atletika ham yuqoridagi sport turlari: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va shu singari turlarni qamrab olgan ko’pkurashdan iborat.
Yengil atletikaning O’zbekistonda rivojlanishi
1916-yilda Farg’ona shahriga Yugurish bo’yicha Rossiyada mashhur bo’lgan Lev Barxash keladi va yengil atletikada ish-qibozlari to’garaklarini tuza-di.1912-yilda Xalqaro havas-kor Yetakchi federatsiyasi (IAAF) tuzilgan,unga 200 mamlakat a’zo (2001-yil) O’zbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993-yilda a’zo b’ldi. Toshkentda 1902-yldan Yengil atletika musobaqalari, 1919-yildanmamlakat birin-chiliklari,1927-yildan sparta-kiada o’tkazila boshlangan.
1936-yilning sentyabrda lV Umumo’zbek spartakiadasi o’tkazildi. Spartakiada yengil atletikachilar o’rtasida bo’lib o’tgan muso-baqalarda L.Shaternikov, V.Sexmestrenko, M.Toporova, A.Kosereva va boshqalar o’z turlarida O’zbekiston rekordini o’rnatishdi. 1936-yili o’zbek yengil atletikachilari tomonidan 32 rekord o’rnatilgan.
1924-yilning mayida Toshkent, o’lkasida, birinchi o’yingoh (keyinchalik Pishevik deb nomlangan) ochildi. Hozir uning o’rniga V.S. Mitrofov nomli suv sporti saroyi barpo etilgan. Shu yilning avgust oyida Umumturkiston jismoniy madaniyat bayrami o’tkazilgan. Sportning to’qqiz turi bo’yicha o’tkazilgan bu musobaqalarda respublika viloyatlaridan 260 nafar sportchi qatnashgan. 1926-yilning 15-iyulida Toshkent Shayxontoxur tumanida eski shahar (Spartak) stadionining tantanali ochilishi bo’ldi.