Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari hamda rivojlanish tarixi. Yengil atletika
Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi 916-20 (307) gurux talabasi Abdujalilov Abdulazizning Jismoniy tarbiya va Sport menejmenti fanidan tayyorlagan Slaydi
Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari hamda rivojlanish tarixi.
Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari hamda rivojlanish tarixi.
Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 48 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiri-tilgan (2000-yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 23, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, taʼlim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning „Alpomish“va „Barchinoy“ sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning „Iliada“, Ibn Sinoning „Tib qonunlari“ va boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid maʼlumotlar uchraydi. Qadimiy Olimpiada oʻyinlarida (mil. av. 776-yildan mil.avv. 394-yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada (1837-yildan) musobaqalar, Afinada (1859-yildan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896-yildan)ning ahamiyati katta boʻldi. 1912-yilda Xalqaro havaskor Yetakchilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat aʼzo (2001-yil; Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993-yildan aʼzo).
Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885-yilda Margʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902-yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919-yildan mamlakat birinchiliklari, 1927-yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qoʻl ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik Yengil atletikachilar 1952-yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan, Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69). Osiyo oʻyinlarida 1994-yilda Svetlana Munkova (balandlikka sakrash), Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998-yilda Oleg Veretelnikov (oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.