Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi va v-fayllar.org
Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885-yilda Margʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902-yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919-yildan mamlakat birinchiliklari, 1927-yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qoʻl ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik Yengil atletikachilar 1952-yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan, Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69). Osiyo oʻyinlarida 1994-yilda Svetlana Munkova (balandlikka sakrash), Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998-yilda Oleg Veretelnikov (oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.
Poyga musobaqalarining natijalari tugatish pozitsiyasiga (yoki o'lchangan vaqtga) qarab belgilanadi, sakrash va uloqtirishda esa bir qator urinishlar natijasida eng yuqori yoki eng uzoq o'lchovga erishgan sportchi g'alaba qozonadi. Musobaqalarning soddaligi va qimmatbaho jihozlarga ehtiyojning yo'qligi yengil atletikani dunyodagi eng keng tarqalgan sport turlaridan biriga aylantiradi. Yengil atletika asosan individual sport turi bo'lib, estafeta poygalari va sportchilarning kross kabi jamoaviy hisobdagi chiqishlarini birlashtirgan musobaqalar bundan mustasno.