Bibixonim madrasasi – Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulk xonim) "oʻz onasi sharafi"ga (Klavixo) 14-asr oxirida Samarqandda qurdirgan Madrasa. Sayyoh, olim A. Vamberi taʼkidlashicha, bu madrasada 1000 ga yaqin talaba oʻqigan.Bibixonim madrasasi Bibixonim jome mayejidinint kirish peshtogʻi qarshisida joylashgan. Lekin jome mayejididan oldin qurilgan. Saroy tarixchisi Gʻiyosiddin Alining “Amir Temur 1399 yil 10 mayda madrasada toʻxtab oʻtganligi” haqidagi maʼlumoti shundan dalolat beradi. Tarixnavis Fasih Havofiy (1375— 1442) taʼkidlashicha, Amir Temur jome masjidi qurilishini kelib koʻrarkan, meʼmoriy majmuada mutanosiblik buzilganligi—Madrasa peshtogʻi va ayvoni jome mayejidga nisbatan balandroq va qiyaroq boʻlib qolganligi uchun dargʻazab boʻladi va meʼmorlar (Xoja Mahmud Dovud va Muhammad Jald)ni jazoladi. Arxeologik qazishlar ham shu nomutanosiblikni tasdiqlaydi. Bino peshtogʻi qanchalik mahobatli boʻlmasin, uning qarshisidagi binoga monand emasligi koʻzga tashlanib qolgan. Meʼmoriy uslub talabiga koʻra, nomaqbul tushgan Madrasa peshtogʻi buzib tashlashga mahkum boʻldi. Shuning uchun ham keyingi ayerlarda Madrasa qoldiqlari buzib tashlandi.
Bibixonim madrasasi yonida unga “qoʻsh” uslubda Tuman ogo xonaqohi qurilgan. Tarixiy manbalar bu xonaqoh ham 1399 yildan oldin bunyod etilganligi haqida maʼlumot beradi.. 1875 yil zilzilasi natijasida tagxona gumbazchasi oʻpirilib, pastda toshtobutlar borligi maʼlum boʻldi. Shu vaqgdan boshlab aholi orasida bu tobutlardan biri Bibixonimga tegishli degan ovoza tarkaldi. 1941 yilda oʻtkazilgan arxeologik tadqiqotlar goʻyo bu rivoyatni tasdiklagandek boʻldi. Shu sababli yaqingacha ushbu xonaqoh Bibixonim maqbarasi deb yuritilgan.
Keyingi tadqiqotlar bu muammoga aniklik kiritdi. Bibixonim (Saroymulk xonim) Amir Temur vafotidan keyingi boʻhron yillarida zaharlab oʻldirilgan. Bu binodagi ayol jasadi esa moʻmiyolangan (demak, uzoq joydan keltirilgan) va antropolog aniqlashicha, oʻrta yoshlardagi, sochlari qora va jingalak qandaydir boshqa ayol ekan.
Tuman ogʻo xonaqohi Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan 1996 yilda taʼmir etilgan.
Samarqand marvaridi” degan nomga sazovor bo‘lgan Shohizinda ansambli nafaqat tarixiy-me’morchilik yodgorligi, balki, mashhur allomalar, avliyolar malikalar, lashkarboshilarning abadiy oromgohi hamdir.Shohizindaning yana bir qimmatli tomoni shundaki, bu yerda Samarqandning qariyib uch ming yillik tarixi mujassamdir. Negaki, Shohizinda ansambli joylashgan maydon Afrosiyobning janubiy hududlariga kiradi, agarda bu yer qazib ko‘rilsa eramizdan oldingi VI-I asrga oid arxeologik materiallar topiladi. Tarixchilarning aniqlashlaricha, Shohizinda ansamblining shakllanishi eramizning XI asrlaridan boshlangandir. Shohizinda so‘zining ma’nosi “tirik shoh” bo‘lib, qariyib ming yildan buyon bu nom xalq o‘rtasida yashab kelmoqda.Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, Qusam ibn Abbos VIII asrlarda arab lashkarlari tarkibida Samarqandga kelgan va bu yerda dini islomni targ‘ib qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bir kuni Qusam ibn Abbos namoz ibodati bilan mashg‘ul bo‘lib turganida kofirlar hujumiga uchragan va uzilgan boshini qo‘liga olib g‘or orqali yerning tagiga tushib ketgan.
U to qiyomatga qadar tirik yurar emish. Qusam ibn Abbos kirib ketgan g‘orning oldida unga atab qabr yasalgan va XI asrda uning ustiga maqbara qurilgan. Maqbaradan tashqari bu yerda hashamatli ziyoratxona, masjid va chillaxonalar ham faoliyat ko‘rsatgandir.1220 yili ro‘y bergan mo‘g‘ul istilosi Shohizinda maqbarasi taqdirida ham ayanchli rol o‘ynadi. Mug‘ullar bu yerdagi ko‘pgina inshootlar va qabrlarni ostin-ustun qilib tashladilar. Ammo, ular ham Qusam ibn Abbos qabriga tegishdan cho‘chidilar.XIV asrning boshlariga kelib samarqandlik din ahllari va rahbarlarning sa’y harakatlari bilan Qusam ibn Abbosning qabri ustiga qaytadan maqbara qurildi, ziyoratxona va chillaxona ham qayta ta’mirlandi.
Samarqand taxtiga Amir Temur o‘tirgach Shohizinda ansamblining hayotida ham katta o‘zgarishlar ruy berdi. Amir Temur bu yerdagi ko‘pgina, xarobaga aylangan inshootlarning o‘rniga yangisini qurdi, ko‘plarini qayta ta’mirladi, Qusam ibn Abbos qabri ustiga hashamatli qabrtosh o‘rnattirdi. Shuningdek, sohibqironning buyrug‘i bilan bu yerda yangi masjid ham barpo qilindi. Bu o‘rinda shuni aytishimiz lozimki, Shohizinda me’morchilik ansambli turli davrlarda har xil hukmdorlar va amaldorlar tomonidan barpo qilingan maqbaralar, masjid va madrasalardan iborat murakkab yodgorlikdir.
Shu sababli bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar ham osonlik bilan uni anglashlari, tushunishlari mushkuldir.Shohizindani ziyorat qilmoqchi bo‘lgan sayyohlar zinapoyalarga oyoq qo‘yib darvoza orqali ichkariga kiradilar. Bu darvozaning peshtog‘ida: “Bu ulug‘vor inshoot Abdulaziz Bahodir ibn Ulug‘bek Kuragon, ibn Shohruh, ibn Amir Temur Kuragon tomonidan 838 (1434-35) yilida bunyod qilingan – degan yozuv saqlan¬gandir.
Oqsaroy — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Temuriylarning soʻnggi dahmasi. O. qoʻshimcha dahma sifatida Abu Said (1449—69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469—94) qukmronligi davrida qurilgan.Naqsh shakllari oʻzaro takrorlan-magan. Bir ravokdagi naqshda bir-biriga oʻxshamaydigan 67 xil bezakgul boʻlgan. Binoning tashqi meʼmorligi nihoyasiga yetkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8 qirrali poygumbazi tugallanmagan. O. Temuriylar davri meʼmorligining noyob namunasi hisoblanadi.
Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi — Turkiston shahrida XIV-asrning ohirlarida Sohibqiron Amir Temurning buy’rugʻi bilan barpo etildi. Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy binosi — oʻrta asrlik binokorlikning koʻrinishi. U XII-asrda ijod qilgan butun sharq dunyosiga mashhur qadimgi turkiyzabon shoiri, sofizmni nasihatlovchi Ahmad Yassaviyga atab barpo etilgan (Yassidan chiqqan maʼnosida) tahallusidir.1815 yilda oʻzbek minglar sulolasining vakili Qoʻqon xoni Umarxon Hoja Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat qildi, 70 qoʻchqorni qurbon qildi va ushbu mashhur ziyoratgohning barcha shayxlariga sovgʻalar berdi [1]. Bu erda u nafaqat xon deb nomlanishini, balki amir al-muslimin (sodiqlarning hukmdori) unvonini olishini eʻlon qildi. [2]. Bu erda davlat lavozimlariga tayinlanishlar eʼlon qilindi.
Registon ansambli — Oʻzbekistonda, Samarqandning Registon maydonida joylashgan 3 ta madrasadan (Ulugʻbek, Tillakori, Sherdor) tashkil topgan meʼmoriy majmua.Dastlab 1417—1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydonning sharqiy qismiga Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420—1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619—1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47—1659/60) qurdirgan. Registon ansambli oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan.
Ulugʻbek madrasasi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1417— 22). Registon ansamblining gʻarbida joylashgan. 2 qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (56×81 m)Bizgacha Ulugʻbek madrasasi ancha oʻzgargan holda yetib kelgan. 16—17-asrlarda, 1950—70 va 1990—96 yillarda taʼmirlangan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar koʻp. Ayvon ustunlari zarhallangan. Eshik tabaqalariga arab tilida “Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir”, degan ibora oʻyib yozilgan.Madrasa ikki qavatli bo‘lib, 55 ta hujra va to‘rt burchagida katta darsxonalar va ayvonlardan iborat bo‘lgan. Maxsus o‘qish uchun belgilangan hujralarda 2-3 tolibi ilmlar o‘qigan va yashagan.
Dostları ilə paylaş: |