Amirlikda savdo-sotiqning rivojlanishi (amir shohmurod misolida)



Yüklə 46,04 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü46,04 Kb.
#198874
Xakimov Jahongir



AMIRLIKDA SAVDO-SOTIQNING RIVOJLANISHI 
(AMIR SHOHMUROD MISOLIDA) 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6602160
 
 
Xakimov Jahongir 
TKTI Shahrisabz filiali 
assistent o’qituvchi
 
 
Anotatsiya: 
Ushbu maqolada Buxoro amirligida Amir Shohmurod davrida savdo 
spotiqning rivojlanishida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirilgan. Bunda asosan 
Shohmurodning islohatlari, pul muomalasi, karvonsaroylarga bo’lgan etiborini 
ko’rishimiz mumkin.
 
Kalit so’zlar:
Buxoro, Shohmurod, fulus, duyum, karvonsaroy, islohat, savdo-sotiq. 
Annotation
:
 This article discusses the work done in the development of the trade 
spot in the Emirate of Bukhara during the reign of Amir Shohmurod. We can see 
Shohmurod attention to reforms, money circulation, and caravanserais. 
Keywords:
Bukhara, Shohmurod, fulus, duyum, caravanserai, reform, trade. 
Har qanday vujudaga kelgan davlat yoki hokimyatga kelgan sulola malakat 
iqtisodini rivojlantirishga harakat qiladi. XVIII asr o’rtasida vujudga kelgan 
Bu
xoro amirligiham bundan mustasno qolmadi. Mang’itlar sulolasining dastlabki 
davrida mamlakatdagi boshqa sohalar bilan bir qatorda ichki savdo 
munosabatlariga ham alohida e’tibor talab qilar edi. Buxoro amirlari ichida 
alohida o’rin turgan Amir Shohmurod s
avdo-sotiqni rivojlantirishga alohida 
e’tibor bergan.
Amir Shohmurod davrida mamlakatda barqarorlik o’rnatildi, barcha sohalar 
rivojlandi, ayniqsa savdo munosabatlar taraqqiy etdi. Amir Shohmurod poytaxt 
Buxoro shahriga ham alohida e’tibor bergan edi. Uning davrida Buxoroda ko’plab 
karvonsaroy bo’lib, ularda musofir va mahalliy savdogarlar istiqomat qilganlar.
Karvonsaroyda ombor, do’kon, ustaxona, mehmonxonalar bo’lgan. Buxoro 
karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini 
karvonboshi-amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan. 
Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga 
oshirilgan. 


Savdo-sotiq markazi Buxoroda 1848-yilda 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim va 
ko’plab bozorlar mavjud bo’lgan.
1 Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-
tarozining to’g’riligi qattiq nazorat qilingan.
Samarqandning Registon maydoni yaqinida Amir Shohmurod tomonidan 
qurdirilgan oltiqirrali Chorsu inshooti Buxoro amirligi davrida yirik savdo 
maskanlaridan biri hisoblangan. Bu savdo inshootning yana bir nomi “Toqi 
musaddas” bo’lgan. Bu yerda kiyim
-kechak, zargarlik buyumlari, mushkambar 
va boshqa qimmat mahsulotlar sotilgan. Samarqandda ochiq bozor shahar 
markazi bo’lgan Registon maydonida tashkil etilgan. Amir Shohmurod 
Samarqand shahrini tiklagach, shahar iqtisodiyotini ko’tarish maqsadida u 
yerdagi savdo munosabatlarni yo’lga qo’ygan bo’lsada, uning vafotidan 
keyingina ya’ni XIX asrdan boshl
ab rivojlana boshlaydi. Amir Shohmurod 
bunyod etgan guzarlardagi hayot hunarmandchilikka asoslangani bois, shahar 
bozorida hunarmandchilik mahsuloti ko’p bo’lgan. Dastlab shahar atrofidagi 
hududlardan kelgan savdogarlar bu yerga kelib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va 
boshqa mahsulotlarni olib kelib sotishgan yoki mahsulot ayirboshlashgan. XIX asr 
o’rtalarida samarqandlik savdogarlar ham amirlik hududidagi boshqa yirik 
bozorlarga, Qo’qon xonligi, Afg’oniston va Rossiya hududlariga savdo
-sotiq 
uchun borishgan. 
B
uxoro amirligining barqarorligini ta’minlagan, iqtisodiyotining istiqbolini 
belgilagan, ichki va tashqi savdo munosabatlarida asosiy rol o’ynagan voqea Amir 
Shohmurodning pul islohotini o’tkazishi bo’ldi. Amir Shohmurodning 
islohotlaridan pul islohoti tari
xda ko’p mashhur bo’ldi. Amir Shohmurod
mang’itlar sulolasi vakillari orasida birinchi bo’lib yangi pul sistemasiga asos 
soldi, u 1785-1800-
yillar davomida to’la qimmatga ega bo’lgan “ashrafi” yoki tillo 
deb nomlangan oltin tanga, kumush va mis pullarni z
arb qildi. Bu an’ana butun 
Buxoro amirligi hukmronlik qilgan davrdan boshlab, Buxoroda tanga pullarni 
zarb qilish to’xtatilgan 1904
-1905 yillargacha davom etdi. 1785-yilga qadar Buxoro 
davlatida ashtarxoniylar zarb etgan tarkibida aralashmasi ko’p va sof bo’lmagan
kumush tangalar muomilada bo’lib kelgan. Mazkur tangalarning ko’rinishi to’la 
yumaloq bo’lmagan shaklda va tanganing faqat markaziy qismidagi yozuvlargina 
qisman o’qilishi mumkin bo’lgan.

Amirlik aholisining barcha qatlami eski tangalardan charchab, qiymati 
yuqori tangalarga anchadan beri ehtiyoj sezib kelayotgan edi. Chunki 
1 Azamat.Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T.2001.301-b. 
2 Shamsutdinov R. “Vatan tarixi” 2-jild, T.; “Sharq” 2012 y. 233-235 b. 


ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalar o’z qiymatini yo’qotib bo’lgan, bu 
esa o’z navbatida savdo
-
sotiq, hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi kabi 
sohalarning rivoj
lanishiga juda salbiy ta’sir ko’rsatyotgan edi. Xuddi mana shu 
vaziyatdan Amir Shohmurod unumli foydalanib, ashtarxoniy Abdulg’ozixon 
qo’llab
-
quvvatlashi orqali pul islohotini o’tkazadi. Amir Shohmurod “Amir 
Doniyol” nomi ostida ilk tangalarini sof oltin v
a kumushdan zarb ettiradi. 
Umuman olganda Amir Shohmurod butun hukmronligi davomida faqat otasi 
nomidan tangalar zarb etishni buyurgan, o’z ismini tangalar hamda xutbada
keltirilishini taqiqlab qo’ygan. Abdulg’ozixonning “ruxsati” bilan mang’itlar 
sulolasiga tegishli dastlabki tangalarini zarb etishga erishgan Amir Shohmurod 
markazlashtirish siyosatini amalga oshirishdagi birinchi dadil qadamni tashladi. 
U zarb etgan tangalarni oddiy xalq: hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar, 
chorvadorlar, shuningdek unch
alik katta bo’lmagan zodagonlar qatlami ham 
mone’lik qilmasdan qabul qildi va tez orada butun amirlik bo’ylab faqat ashrafi 
tangalar amalda muomilaga kirdi. Shunday qilib, amirlikdagi ko’pchilik mahalliy 
qabilalar mang’itlar sulolasi hukmronligini tan oli
shdi. 
Amir Shohmurod otasining ismidan pul zarb etish orqali o’z otasining 
siyosatdagi mavqeini oshirgan va shu yo’l bilan mang’itlar sulolasi hukmronligini 
mustahkamlashga harakat qilgan. Amir Shohmurod zarb ettirgan barcha 
tangalarda “Amir Doniyol” deb
yozilgan, lekin aslini olganda Doniyolbiy amir 
emas balki otaliq lavozimida bo’lgan. Amir Shohmurod otasining ismi oldiga amir 
so’zini qo’yib pul zarb ettirishi maqsadlaridan biri o’zini amirzoda ekanligini va
shu davlatning qonuniy egasi ekanligini hammaning ongiga singdirish edi. 
O’zining nomidan nega tanga zarb etmaganini so’fiylikka sodiqligi bilan izohlash 
mumkin. Amir Shohmurodning tangalari mamlakat bo’ylab tez tarqalishiga yana 
bir sabab, amir har bir shaxsning kumush tangalarni o’zi mustaqil z
arb qilishiga 
sharoit yaratib berishidir. Fuqarolar esa o’z navbatida foiz hisobida bu ishi uchun 
davlat xazinasi foydasiga haq to’lashi ham kerak bo’lgan.

Amir Shohmurod zarb ettirgan tangalar vazni, yuza o’lchovi, probasi, zarb 
etish texnikasi, unda qayd etilgan yozuvlari bilan oldingi eski tangalardan keskin 
farq qilgan. Amir Shohmurodning dastlabki tangalari sof kumushdan bo’lgan, 
1787-yildan sof oltin tangalar zarb etilib, muomilaga kiritilgan, faqatgina 
hukmronligining so’nggi yillarida misdan tanga
lar zarb ettirgan. Amir 
Shohmurod davrida zarb etilgan bitta tanganing og’irligi 7/10 misqolni ya’ni 3,36 
grammni, yuza o’lchami 9/10 dyum ya’ni 25,4 smni tashkil etgan. Buxoro 
3 Эпиграфика Востока, 1967 г., 18 выпуск, Бурнашева Р., "Монеты Бухарского ханства при Мангытах ( 
середина 18-начало 20 в.) 


amirligida oltin tangalar “tillo” yoki “ashrafi”, kumush tangalar “tanga”, m
is 
tangalar esa “fulus” yoki “pul” deb atalgan, 1 tillo 22 tangaga, 1 tanga 50 pulga 
teng bo’lgan.

Amir Shohmurod o’tkazgan pul islohoti natijasida mamlakatning ichki va 
tashqi savdosi oldingi davrdan sezilarli darajada ancha o’sdi, bu esa 
hunarmandchili
k va qishloq xo’jaligi rivojiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. 
Amir Shohmurod tangalarining ko’p miqdorda zarb etilishi oltin va kumush 
tanqisligiga olib keldi, lekin buxorolik savdogarlarning sa’y harakatlari bilan 
chetdan katta miqdorda oltin va ku
mush olib kelishi natijasida bu muammo o’z 
vaqtida deyarli hal bo’lgan.
Buxoro amirligining iqtisodiyotini ko’targan va savdo munosabatlarning 
rivojlanishida muhim rol o’ynagan sohalardan biri bu qishloq xo’jaligi sohasi edi. 
Kanallar, inshoot, qal’a, ko’priklar, yo’llar ta’miri hashar
yo’li bilan amalga 
oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-
ovqat bilan ta’minlangan. XVIII 
asrdan boshlab hasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan 
kelishi lozim bo’lgan. Lekin Amir S
hohmurod davrida hashar ishlari uchun 
xazinadan pul ajratilgan. 
O’rta Osiyoda, jumladan, Buxoro davlatida ham qishloq xo’jaligining taqdiri 
sun’iy sug’orishning qanchalik to’g’ri hal etilganligiga bog’liq edi.
Shuning uchun 
ham XVIII asrda Amir Shohmurod davrida 
sug’orish tarmoqlarining 
kengaytirilishiga alohida e’tibor berildi. Zarafshon daryosida Xurmo va Sarazm 
nahr(ariq)lari chiqarilgan. Ularning biri to’rt chaqirim, ikkinchisi uch chaqirim 
uzunlikda bo’lgan. Yana Urgut tumanini sug’organ
40 chaqirim 
uzunlikdagi 
Qozonariq, 24 chaqirim uzunlikdagi Toyman arig’i, 24 chaqirim 
uzunlikdagi To’g’uzariq qazilgan, hamda Oqdaryo va Qoradaryodan 
ham nahrlar chiqarilgan.5 
Savdo munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir etgan omillardan yana biri bu 
bunyodko
rlik va obodonchilik ishlari bo’ldi.
Doniyolbiy otaliq hukmronligi 
davrida vaqf mulklari og’ir ahvolga kelib qolgan edi. Amir Shohmurod taxtga 
kelgach, vaqf mulklarini tiklab, uning faoliyatini yo’lga quydi. Uning davrida ko’p 
madrasalar, masjidlar va xona
qohlar faoliyati tiklandi, xaroba bo’lib qolgan 
maqbaralar va mozorlar obodonlashtirildi.6 Bundan tashqari davlat ahamiyatiga 
molik ko’pgina binolar va inshootlar ta’mirlandi.
4 Эпиграфика Востока, 1972 г., 21 выпуск, Бурнашева Р., "Монеты Бухарского ханства при Мангытах 
(середина 18-начало 20 в.) 
5 Azamat.Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T.2001.301-b 
6 Azamat.Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T.2001.301-b 


Amir Shohmurod davrida karvonsaroylar va bozorlarning ta’mirlanishi, 
hamda yangi qulay karvonsaroylarning qurilishi, ularning qulay sharoit va 
imkoniyatlar bilan ta’minlanishi bu savdo munosabatlarni rivojlantirishdagi eng 
muhim ishlardan biri bo’ldi. Bozorlar davlat nazoratiga olindi, bozor masalalari 
bilan shug’ullanuvchi alohida muhtasib lavozimi ta’sis etildi. 
Ushbu lavozimni 
Amir Shohmurodning o’zi ta’sis etgandi.
Qisqacha xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Amir Shohmurodning 
mamlakatni rivojlantirishdagi va savdo-
sotiqning taraqqiy ettirishdagi o’rni va 
roli beqiyosdir. Ayniq
sa uning xalq bilan birga bo’lganligi va xalqning dardini 
eshita olganligi alohida tahsinga loyiq. U savdo-sotiqdan tashqari boshqa 
sohalarni ham rivojlantirishga harakat qilgan. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

 
1.
Azamat Ziyo 
O’zbek davlatchiligi tarixi. T
.2001. 
2.
Эпиграфика Востока, 1972 г., 21 выпуск, Бурнашева Р., “Монеты 
Бухарского ханства при Мангытах” (середина 18
-
начало 20 в.)
3.
Shamsutdinov R. “Vatan tarixi” 2
-
jild, T.; “Sharq” 2012.
4.
Ziyouz.net. 
 

Yüklə 46,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin