6
tizimli sifat analizi yaratildi. Fransuz olimi Gey-Lyussak titrimetrik
analiz usulini, nemis olimlari R.V.Bunzen va G.R.Kirxgof sifat
analizining fizikaviy usullaridan eng muhimi spektral analiz usulini,
M.Svet xromatografik analiz usulini, chex olimi Ya, Geyrovskiy
1925-yil polarografik analiz usulini, 1920- yilda N.A.Tananayev
tomchi usulini ishlab chiqdi.
Nemis kimyogari K.R.Frezenius (1818–1871) tomonidan sifat
va miqdor analiziga bag‘ishlangan darslik yaratildi, u birinchi
bo‘lib, analitik kimyo jurnaliga asos soldi.
Rus olimi D.I.Mendeleyev tomonidan kashf etilgan davriy
qonun va elementlar davriy sistemasi analitik kimyo usullarining
naza-riy poydevori bo‘ldi va analitik kimyo rivojlanishining
asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Organik moddalarni analitik kimyoda cho‘ktiruvchi sifatida
birinchi marta M.A.Ilinskiy va L.A.Chugayevlar qo‘lladi. Organik
reaktivlarning qo‘llanilishi analitik kimyo imkoniyatlarini juda
kengaytirdi.
Analitik kimyo fanining rivojlanishiga o‘zbek olimlari ham
samarali hissa qo‘shib kelishmoqda. Sh.T.Tolipov, N.A.Parpiyev,
M.S.Mirkomilova, M.A.Azizov, A.G‘.G‘aniyev, T.Azizov, R.X.
Jiyanboyeva, N. Boboyev, V.Xodiyev va boshqa bir qator olimlar
shular jumlasidandir.Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi
qudratli kimyo sanoati va unga munosib kimyo fanining
rivojlanish istiqbollari bilan ajralib turadi.
Analitik kimyoda yangi, zamonaviy analiz usullari qo‘llaniladigan
sohalar kengayib bormoqda. Analizning instrumental usullaridan
atom-adsorbsion, spektroskopiya, rezonans aktivatsion - analiz va
bir qator boshqa analiz usullari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: