Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlari – I ming yillikning boshlarida Qadimgi Hindistonda vujudga kelgan din muqaddas bitik – vedalar sharafiga shu nom bilan atalgan. Veda dini asrlar davomida takomillashib borgan. U ko‘pxudolikka asoslangan. Daus osmon xudosi hisoblangan va yer ilohi Pitxivi borliqni yaratgan, xudolar va odamlarning ajdodi bo‘lgan. Ulardan Indra (issiqlik, yorug‘lik, yomg‘ir va to‘fon xudosi, olamning hukmdori), Agni (olov xudosi, oila homiysi, baxt va sog‘lom farzand ato etuvchi, xudolar va odamlar o‘rtasidagi vositachi xudo) tug‘ilgan.

Oriylarda keng tarqalgan xudolar qatorida yana Suriya (quyosh xudosi),
Mitra (yorug‘lik xudosi), Varuna (tun xudosi, abadiy tartibni ta’minlovchi, aybdorlarga jazo, aybiga iqror bo‘lib tavba qilganlarni kechiruvchi xudo)ni qayd etish mumkin. Ular orasida odamlarning kundalik yumushini hal qilinishida bevosita ishtirok etuvchilari alohida ulug‘langan. Hindistonda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, mehnat taqsimoti, tabaqa (varna)lar va qadimgi davlatlarning vujudga kelishi sababli diniy e’tiqodda o‘zgarishlar bo‘lgan. Veda dini braxmanizm bilan almashtirilgan.
Braxmanizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini, braxmanlarning imtiyozlari va davlatni muqaddaslashtirgan. Yangi dinning diqqatga sazovor jihatlaridan biri shuki, unda diniy aqidalar braxmanlar matnlari muqaddas bitigida bayon qilingan. Braxman matnlari yaratilganidan keyin ham vedalar saqlanib qolgan va ular vedalarni sharhlovchi muqaddas bitik vazifasini bajargan. Braxman matnlarida braxmanlarning eng yuqori tabaqa ekanligi bayon qilingan, kasta tuzumi muqaddaslashtirilgan va ularning alohida yashash qoidalari belgilangan. Har bir dindor muayyan kasta a’zosi bo‘lganligi uchun uning qoidalari asosida yashagan.