An’anaviy hind dinlari


Hinduiylikning ta’limoti va marosimlari



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#196393
1   2   3   4   5   6   7   8
gulshoda

Hinduiylikning ta’limoti va marosimlari

  • Hindiston diniy tizimlarining aqidalaridagi o‘xshashliklar, odamlarning diniy e’tiqodni tanlash erkinligi kabi omillar diniy e’tiqodi turlicha bo‘lgan xalqlarning tinch-totuv yashashlariga shart-sharoit yaratgan. Ammo yuqoridagi fikrga asoslanib, diniy tizimlar o‘rtasida mintaqada hukmronlik uchun keskin kurash bo‘lmagan, degan xulosaga kelish xatodir. Bunday kurash nafaqat diniy tizimlar o‘rtasida, balki bitta diniy tizimdagi xudolar darajasida ham to‘xtovsiz davom etgan. Masalaning diqqatga sazovor jihati shundaki, ular o‘rtasidagi keskin raqobat jamiyatda to‘qnashuvlarni, diniy urushlarni keltirib chiqarmagan.
  • Buddaviylikning davlat dini sifatida tan olinganligi (miloddan avvalgi III asr) diniy tizimlar o‘rtasidagi raqobatni susaytirmagan. Bu kurash, ayniqsa, braxmanizm va buddaviylik dinlari o‘rtasida murosasiz kechgan. Lekin braxmanizm avvalgi holatida qayta tiklanishi mumkin emas edi. Natijada braxmanizmning negizida yangi diniy ta’limot – hinduiylik vujudga kelgan. Uning shakllanish jarayoni milodiy I asrga kelib yakunlangan va Hindistonda keng yoyilishi milodiy IV–VI asrlardagi Guptalar imperiyasi davriga to‘g‘ri kelgan. Buddaviylik bilan hinduiylikning raqobat kurashi uzoq davom etgan. Faqat X asrga kelib, buddaviylik Hindistondan uzil-kesil siqib chiqarilgan. Yangi dinni «hinduiylik» deb atash VIII asrda islom dinining Hindistonda yoyilishi bilan bog‘liqdir. Islom dinini qabul qilmagan aholini mahalliy musulmonlar «hindilar» deb ataganlar va keyinchalik ilmiy adabiyotda yangi din tarafdorlari «hinduiylar» deb atala boshlangan.

www.arxiv.uz

Hinduiylar o‘z diniy e’tiqodlarini «arya-dxarma» (oriylar qonuni) yoki «sanatana dxarma» (abadiy qonun) deb ataganlar. Hinduiylik Hindistonda qadimgi davrlardan paydo bo‘lgan barcha din turlarini, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, an’ana va udumlarini qabul qilgan. Ushbu din buddaviylikka ko‘p jihatlari bilan o‘xshash bo‘lsa ham, kasta tizimini muqaddaslashtirganligi, mahalliy urf-odatlar va an’analarni, afsonalar, rivoyatlar va bayramlarni qabul qilishi va boshqa jihatlari bilan undan farq qilgan. Shu bois, haqli ravishda, hinduiylik «hind turmushtarzi» deb ataladi.

  • Hinduiylar o‘z diniy e’tiqodlarini «arya-dxarma» (oriylar qonuni) yoki «sanatana dxarma» (abadiy qonun) deb ataganlar. Hinduiylik Hindistonda qadimgi davrlardan paydo bo‘lgan barcha din turlarini, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, an’ana va udumlarini qabul qilgan. Ushbu din buddaviylikka ko‘p jihatlari bilan o‘xshash bo‘lsa ham, kasta tizimini muqaddaslashtirganligi, mahalliy urf-odatlar va an’analarni, afsonalar, rivoyatlar va bayramlarni qabul qilishi va boshqa jihatlari bilan undan farq qilgan. Shu bois, haqli ravishda, hinduiylik «hind turmushtarzi» deb ataladi.
  • Yangi din mazmuni va mohiyati jihatidan nihoyatda kengligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turgan. Undan turli tabaqa vakillari o‘zlarini qiziqtiruvchi muammolarga javob topganlar. Uning negizida diniy tilsimotlar, falsafiy mulohazalar, yoga falsafasi va amaliyoti, ibtidoiy diniy qarashlar, diniy xurofotlar va irimlar o‘zaro qo‘shilib ketgan. Zero, murakkab falsafiy qarashlar faqat uni tushunib, o‘rganadigan dindorlar uchun saqlanib qolgan. Aholining o‘rta va quyi tabaqa vakillari asrlar davomida saqlanib qolgan, sodda va tushunarli qadimiy marosim va an’analarga e’tiqod qilishni davom ettirganlar.

www.arxiv.uz

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin