Anatatsiya: Kreativ fikrlash koʻrsatkichlari kreativ fikrlash jarayonining katta qismi ko’rinmaydigan



Yüklə 220,49 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.04.2023
ölçüsü220,49 Kb.
#100870
5299-Article Text-13153-1-10-20220312





KREATIV FIKRLASHNING IJTIMOIY YORDAMCHI OMILLARI 
O’qituvchi: G’aniyeva X 
O’quvchi: Maʼrufjonova M 
Anatatsiya: Kreativ fikrlash koʻrsatkichlari kreativ fikrlash jarayonining katta qismi ko’rinmaydigan 
topshiriqlarda oʻquvchilar ijodiy ishlarining kreativligini ta’minlaydi. Kreativ mahsulot ijtimoiy 
kontekstga bogʻliq va bu ijtimoiy kontekst, oʻz navbatida madaniy me’yorlar va kutilayotgan natijalar 
tomonidan shakllantiriladi. 
Kalit soʻzlar; Kreativ fikrlash, ijodiy qobiliyat, ijodiy faollik,aqliy qobiliyat 
Abstrakt: Creative Thinking Indicators Ensure students’ creativity in assignments where much of the 
creative thinking process is invisible. The creative product depends on the social context, and this 
social context is shaped by cultural norms and expected outcomes. 
Keywords; Creative thinking, creative ability, creative activity, mental ability. 
Kreativ fikrlash qobiliyati ko’rsatkichlari, ayniqsa, kreativ fikrlash jarayonining katta qismi 
ko’rinmaydigan topshiriqlarda o’quvchilar ijodiy ishlarining kreativligini ta’minlaydi. Demak, 
o’quvchilarning ijod mahsuli ularning ijodiy fikrlash jarayoni muvaffaqiyatli bo’lganmi, yo’qligini 
aniqlashda qo’l keladi
Yillar mobaynida turli sohalardagi ijodiy mahsulning tahlili va ahamiyati haqida salmoqli tadqiqotlar 
o’tkazildi. Ilmiy adabiyotda qabul qilingan tavsifga ko’ra, ijodiy mahsulot muayyan ijtimoiy muhitda 
qabul qilingan normalarga muvofiq ham yangicha, ham foydalidir. Maktab sharoitida, ijodiy faoliyat 
turli kundalik shakllarni olishi mumkin: masalan, yozish, chizish, musiqa va boshqa san’at shakli orqali 
ifodalash faoliyati; yangi bilim va tushuncha yaratish; ochiq muammolarning turli shakllariga 
yangicha yechim taklif etish. O’quv jarayonidagi ushbu ijodiy faoliyatning shakllari sohalararo 
xususiyatga ega bo’lib, san’at va fan darslari kabi an’anaviy fanlar bilan kifoyalanmaydi
. Tashkilotchilik borasidagi tadqiqotlar ish muhitining ba’zi xu susiyatlari ishchilarning ijodkorligiga 
ta’sir qilishini namoyish etgan. Faoliyatga berilgan norasmiy munosabat, maqsad qo’yish, ijobiy rag’ 
batlantirish vazifani bajarishdagi nisbatan mustaqillik, munosib e’tirof va yangi go’yalar berishni 
qo’llab-quvvatlashning barchasi kreativlikning muhit bilan bog’liq yordamchi omillaridir.Va aksincha, 
yangi g’oyalarni tanqid qilib tashlash, mavjud ishlarning ahvoliga urg’u berish, rahbariyatning 
ortiqcha ehtiyotkorligi, muddatlar bosimi kreativlikni bo’guvchi muhit omillaridandir. Xuddi shu 
muhit omillari sinfdagi kreativ fikrlashga ham ta’sir o’tkazadi, deyish mumkin. 
Ta’lim tadqiqotchilarining ba’zilari bilim hosil qilish ehtimolini oshiruvchi turli o’qitish va ta’lim olish 
usullarini tadqiq etmoqdalar. Tad qiqotlarga ko’ra, ijodiy fikrlash bilim-yaratuvchi jamoalardagi 
hamkorlik orqali muvaffaqiyatli vujudga kelishi mumkin. Ya’ni, maktablar bilim yaratuvchi tashkilot 
sifatida faoliyat yuritsa va u yerda o’quvchilar go’yalar bilan to’g’ridan to’g’ri va davomiy faoliyat 
yuritsa , vujudga keladi. Ta’lim jarayonining integral qismi o’laroq, bilim yaratish maqsadli faoliyatga 
aylanganda, o’quvchilar o’z jamoasiga yangi g’oyalarni taqdim etadilar hamda ushbu g’oyalarni 
davomiy takomillashtirib borishi uchun ishlaydilar. 
. Zamonaviy tadqiqot tobora kreativ fikrlashga individual yumush emas, ko’proq ommaviy xatti-
harakat sifatida qaramoqda. Bunga yangi bilim yaratishda guruhlarning faoliyatini tahlil qilishni misol 
keltirish mumkin. Kreativ fikrlashni bunday anglashda ilgari surilgan asosiy fikr, ijodiy faoliyat inson 
va uning muhiti, jumladan, ushbu muhitdagi boshqa insonlar orasidagi munosabatning natijasi 
ekanligidir. Bu yo’sinda, kreativ fikrlash va faoliyat doimiy «bajarish (muhitga qaratilgan xatti-


harakat) va «duchor bo’lish» (muhitning aks harakatini qabul qilib olish) sikli sifatida shakllantirilgan . 
O’zaro hamkorlik natijasida guruhlar alohida insonning qobiliyati yetmaydigan murakkab 
muammolarga yangicha yechimlarni taklif etishi mumkin
Hamkorlikdagi kreativ fikrlash borasidagi tadqiqotlarga ko’ra, guruh a’zolari maqsadli, opportunistik 
vaziyatdan kelib chiquvchi va tartibsiz murakkab jarayonlarda ishtirok etgan holda, maqsad qoʻyadi 
va uning ro’yobga chiqishini kuzatadi, bunda guruhning turli a’zolari o’zining kuchli tarafiga 
asoslanib, guruhda yetakchilikni oladi. Xususan, muzokara va badiha usulidagi olib boriladigan 
jarayonlarda qatnasha olish yangi g’oyalarni yaratishga zamin tayyorlaydi. Hamkorlik natijasida, 
faoliyat g’oya yaratish va takomillashtirish bilan bog’lanadi, g’oyalardagi kamchilik tuzatiladi, boshi 
berk muammolarni aylanib o’tish yo’llari kashf etiladi. 
50. Kreativ mahsulot ijtimoiy kontekstga bog’liq (Baer, 2016 [56]; Csikszentmihalyi, 1996 [21]) va bu 
ijtimoiy kontekst, o’z navbatida, madaniy me’yorlar va kutilayotgan natijalar tomonidan 
shakllantiriladi. Madaniy me’yorlar va kutilayotgan natijalar kreativ fikrlashga ta’sir qiladi, chunki ular 
inson rivojlantirishni afzal ko’rgan ko’nikma va aqliy jarayonlarga, insoniy kamo lotini shakllantiruvchi 
qadriyatlarning paydo bo’lishiga ta’sir o’tkazadi (Niu va Sternberg, 2003 [88]; Wong va Niu, 2013 
[89]). Madaniy me’yorlar, shuningdek, bir kontekstda ijodiy fikrlashni qo’llab quvvatlashi, boshqa 
kontekstda esa ijodiy fikrlashdan qaytarishi (man etishi) mumkin (Lubart, 1998 [90]). Ba’zi 
tadqiqotlar madaniy farqliliklarni milliy ijodkorlik va innovatsiya o’lchamlariga ta’sirini o’rgangan. 


Ularning umumiy xulosasiga ko’ra, faqatgina individualizm/ kollektivizm ijodiy mahsulot darajasiga 
sezilarli ta’sir ko’rsatadi (Rinne, Steel va Fairweather, 
Kreativ mahsulot ijtimoiy kontekstga bog’liq va bu ijtimoiy kontekst, o’z navbatida, madaniy 
me’yorlar va kutilayotgan natijalar tomonidan shakllantiriladi. Madaniy me’yorlar va kutilayotgan 
natijalar kreativ fikrlashga ta’sir qiladi, chunki ular inson rivojlantirishni afzal ko’rgan ko’nikma va 
aqliy jarayonlarga, insoniy kamo lotini shakllantiruvchi qadriyatlarning paydo bo’lishiga ta’sir 
o’tkazadi . Madaniy me’yorlar, shuningdek, bir kontekstda ijodiy fikrlashni qo’llab quvvatlashi, 
boshqa kontekstda esa ijodiy fikrlashdan qaytarishi (man etishi) mumkin Ba’zi tadqiqotlar madaniy 
farqliliklarni milliy ijodkorlik va innovatsiya o’lchamlariga ta’sirini o’rgangan. Ularning umumiy 
xulosasiga ko’ra, faqatgina individualizm/ kollektivizm ijodiy mahsulot darajasiga sezilarli ta’sir 
ko’rsatadi. 
Xulosa qilib aytganda, taʼlim jarayonida kreativ fikrlashning turli xil yordamchi omillari bir-biri bilan 
chambarchas bogʻliq. Ijtimoiy yordamchi omillar madaniyat qadriyatlar va anʼanalar ostida 
shakllanadi bu esa, oʻquvchilarning shaxsiy kreativ ijtimoiy omillarining taraqqiy etishi uchun bir 
turtki boʻla oladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 
1. Hwang, S. (2015), Classrooms as Creative Learning Communities:
A Lived Curricular Expression, 
https://digitalcommons.unl.edu/
 
Teachlearnstudent/55 (accessed on 26 March 2018). [19] 
2. International Test Commission (2017), «ITC guidelines for translating and
Adapting tests (Second edition)», International Journal of Testing, pp.
1-34, 
http://dx.doi.org/10.1080/15305058.2017.1398166
. [123] 
3. Irish National Teacher Association (INTO) (2009), «Creativity and the Arts
In the Primary School», INTO, 2009, 
http://www.into.ie
 (accessed on 27
March 2018). [109] 


4. Julmi, C. And E. Scherm (2016), «Measuring the domain-specificity of
Creativity», No. 502, Fakultät für Wirtschaftswissenschaft der
FernUniversität in Hagen, 
https://www.fernuni-hagen.de/imperia/md/
 
Images/fakultaetwirtschaftswissenschaft/db-502.pdf (accessed on 28
March 2018). [38] 
5. Kashdan, T. And F. Fincham (2002), «Facilitating creativity by regulating
Curiosity», The American Psychologist, Vol. 57/5, pp. 373-4, 
http://www

Ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/12025769 (accessed on 29 March 2018). [68] 
6. Kaufman, J. (2012), «Counting the muses: development of the Kaufman
Domains of Creativity Scale (K-DOCS)», Psychology of Aesthetics,
Creativity, and the Arts, Vol. 6/4, pp. 298-308, http://dx.doi.org/10.1037/ 

Yüklə 220,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin