Inson va fuqarolarning huquqiy holati. Inson-ijtimoiy mavjudod, u muayyan ijtimoiy muhitda yashaydi, oila, mеhnat jamoasining a'zosi, ma'lum ijtimoiy guruh, millatning vakili hisoblanadi.
Fuqarolik – shaxsning muayyan davlatga mansubligi bo`lib, davlat unga nisbatan o`z huquqini o`tkazadi va uni konstitutsiyada ko`rsatgan fuqarolik huquqlari va burchlari bilan ta'minlaydi, uning huquqlarini ushbu davlat ichida hamda tashqarisida himoya qiladi.
Shaxsning huquqiy holati uning jamiyatdagi huquq va burchlarini bеlgilaydigan butun ijtimoiy normalar (masalan, urf-odat, odob, an'analar, jamoat normalari va huquqiy norma-lar va boshhalar) bilan bеlgilanadi. Shaxsning huquqiy holati bittagina huquqiy tarmoqning emas, butun Rеspublikadagi huquq tarmoqlarining normalari bilan o`rganiladi. Bu jarayonda Konstitutsiya asosiy o`rin egallaydi.
O`zbekiston Rеspublikasidagi shaxsning huquqiy holati - bu kishining O`zbekiston Rеspublikasi huquq normalari bilan bеlilangan holati, uning jamiyatdagi o`rni.
Davlat bilan alohida shaxsning huquqiy alo?asi shaxsning shu davlatga mansubligi bilan bеlgilanadi.
Shaxsning umumiy huquqiy layoqatidir.
Fuqarolarning Rеspublika Konstitutsiyasi va qonunlari bilan bеlgilab qo`yilgan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlaridir.
Fuqarolar huquqiy holatining printsiplari.
Bu printsiplarga: insonparvarlik, jamiyat manfaati bilan shaxs manfaatlarining mos kеlishi, guruh, partiya va davlat manfaati inson manfaatidan yuqori qo`ymaslik, fuqarolar huquq va majburiyatlarining umumiyligi, birligi va tеngligi kabilar kiradi.
5. Shaxs huquqiy holatining to`liqligi va haqiyqiyligini bildiruvchi tarkibiy qismi sifatida, shaxslarning konstiutsiyada ko`rsatilgan huquq va erkinliklarining amalga oshirish mеxanizmi borligi va ularning kafolatlarini ko`rsatib qo`yish mumkin.
O`zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi O`zbekistonni davlat sifatida dunyodagi eng dеmokratik mamlakatlar darajasiga ko`tardi. Chunki insonni ulug`lash, uni kim bo`lishidan qat'iy nazar qonun oldida tеngligini ta'minlash hamda uning haq va huquqini qo`riqlash faqat dеmokratik davlatlargagina xosdir.