Kalla suyaklarining birlashuvi Kalla suyaklari o‘zaro uzluksiz birlashmalarning bir turi bo‘l-
gan chok lar vositasida birlashadi. Ulardan faqat pastki jag‘ suyagi
chak ka suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi. Kalla qopqog‘i
suyak lari o‘zaro tishli choklar hosil qilib birlasha di. Chak ka suya-
gining palla qismi tepa suyagi bilan tangasimon chok hosil qilsa,
yuz suyak lari o‘zaro silliq chok yordamida qo‘shi la di. Kalla aso-
sida esa sinxondroz lar ham uchraydi.
Kalla qopqog‘i suyaklari o‘rtasida quyidagi tishli choklar uch-
raydi. Tepa suyaklarining medial chekkalari o‘zaro sagittal chok
hosil qilib birlashadi. Peshona va tepa suyaklari o‘rtasida tojsimon
chok bo‘lsa, tepa suyak lari va ensa suyagi pallasi o‘rtasida lamb-
dasimon chok hosil bo‘ladi.
Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi (articulatio temporomandibula-
ris)
juft, hamkor bo‘g‘im (71-rasm). U tuzilishi jihatidan ellips-
simon bo‘g‘im tur kumiga kiradi va pastki jag‘ suyagi boshchasi
bilan chakka suyagi pastki jag‘ chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari fibroz tolali tog‘ay bilan qoplan-
gan. Bo‘g‘im diskining
chekkasi bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan-
ligi uchun, bo‘g‘im bo‘shlig‘ini ikki qavatga ajratadi. Diskning ik-
ki cheti baland, o‘rtasi chuqur bo‘lib, suyaklarning bo‘g‘im yuza-
larini bir-biriga moslab turadi. Bo‘g‘im xaltasi chakka suyagiga
old tomondan bo‘g‘im do‘mboq chasi, orqa tomondan esa tosh-
simon-nog‘ora yorig‘i sohasida yopishadi.
Pastki jag‘ suyagi do‘ngli o‘siq chasini old tomondan past -
ki jag‘ bosh chasining chekkasi bo‘ylab biriksa, orqa tomondan
past ki jag‘ boshchaning orqa chekkasi dan 0,5 sm pastroqda bi-
rikadi. Bo‘ g‘im xaltasining old tomoni orqasiga nisbatan yupqa-
roq. Uni tash qi tomondan yonoq o‘simtasi asosidan boshlanib,
bo‘g‘im o‘simtasi bo‘ynini orqa lateral yuzasiga birikadigan yel-
pig‘ich shaklidagi lateral boylam mustah-
kamlaydi. Bundan tashqari bo‘g‘imni mu-
stahkamlashda ponasimon suyak qanotsi-