uch boshli,
to‘rt
bosh li
mushak lar bo‘ladi. Paylar soni ham ko‘p bo‘lishi mumkin
(ko‘p dumli mushaklar) qo‘l va oyoq barmoqlarini yozuvchi va
bukuvchi mushaklarning bir nechtadan payi bo‘ladi.
Buning natijasida bitta mushakning qisqarishi bir nechta bar-
moq larni harakatga keltirib mushaklar ishini tejaydi.
Mushaklar shakliga qarab: kvadrat,
uchburchaksimon,
yuma-
loq,
deltasimon,
tishchali,
kambalasimon,
aylanma,
rombsimon
mushak lar deb ataladi.
Tolalarning yo‘nalishi bo‘yicha mushaklar to‘g‘ri parallel to-
lali,
ko‘ndalang tolali
, aylanma tolali
mushaklarga bo‘linadi. Ay-
lanma tolali mushaklar (78- h rasm) teshiklarni o‘rovchi sfinkter-
larni hosil qiladi.
Mushak tolalari pay o‘qiga nisbatan har xil yo‘nalishga ega
bo‘ladi. Agar qiyshiq tolalar payning bir tomonida joylashsa mu shak
bir patli (78- b rasm),
agar mushak tolalari payning ikki tomonida
joylashsa ikki patli (78- d rasm),
har tomonida joylashsa ko‘p pat-
li
deyiladi.
Vazifasiga qarab mushaklar bukuvchi, yozuvchi,
yaqinlashti-
ruv chi
, uzoqlashtiruvchi,
aylantiruvchi,
ichki tarafga buruvchi
va
tashqi tarafga buruvchi
mushaklar deyiladi.
Bo‘g‘imlarga nisbatan mushaklar bir, ikki va ko‘p bo‘g‘imli
mu shaklarga bo‘linadi. Ko‘p bo‘g‘imli mushaklar uzun bo‘lib,
yuzaroq joylashadi. Bir bo‘g‘imli mushaklar kalta va chuqurroq
joylashadi. Joyla shishiga qarab mushaklar yuza va chuqur, lateral
va medial, oldingi va orqa guruhlarga bo‘linadi.