Kurak-til osti mushagi (m. omohyoideus)
o‘zaro oraliq pay
bilan bo‘lingan ikki: pastki va ustki qorinchalardan iborat. Past-
ki qorinchasi
kurakning ustki qirrasini kurak kemtigidan ichka-
riroqda bosh lanib, yuqoriga va oldinga qiya ko‘tariladi. To‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning orqa chekkasida oraliq payga
o‘tadi. Oraliq paydan boshlangan ustki qorinchasi til osti suyagi
tanasining pastki chekkasiga birikadi.
2.
To‘sh-til osti mushagi (m. sternohyoideus)
to‘sh suyagi
dastasining orqa yuzasidan, o‘mrov suyagining to‘shga qaragan
uchi va orqa to‘sh o‘mrov boylamidan boshlanib, til osti suyagi-
ning pastki chekkasiga birikadi.
3.
To‘sh-qalqonsimon mushagi (m. sternothyroideus)
to‘sh
suyagi dastasining orqa yuzasidan va I qovurg‘a tog‘ayidan bosh-
lanib, hiqildoq qalqonsimon tog‘ayining qiyshiq chizig‘iga biri-
kadi.
4.
Qalqonsimon-til osti mushagi (m. thyrohyoideus) qalqon-
simon tog‘ay qiyshiq chizig‘idan boshlanib, til osti suyagi tanasi
va katta shoxiga birikadi.
Faoliyati: til osti suyagining ostidagi mushaklar til osti suyagi
va hiqildoqni pastga tortadi.
Bo‘yinning chuqur guruh mushaklari lateral va medial guruh-
larga bo‘linadi. Lateral guruhga: umurtqa pog‘onasining yon to-
monida joylashgan oldingi, o‘rta va orqa narvonsimon mushaklar
(88-rasm) kiradi.
1.
Oldingi narvonsimon mushak (m. scalenus anterior)
III–IV
bo‘ yin umurtqalari ko‘ndalang o‘siqchasining oldingi do‘mboq-
chasidan bosh lanib, I qovurg‘aning oldingi narvonsimon mu-
shak do‘mboq chasiga birikadi.
2.
O‘rta narvonsimon mushak (m. scalenus medius)
II
– VII
bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqchasidan boshlanib, I
qovurg‘aning o‘mrov osti arteriyasi egati orqasiga birikadi.
3.