hosil qiladi. Suyak tanasining ikki yonboshida
uyqu arteriyasining egati
bor; tanasining yon yuzalari katta qa-
notga o‘tib ketadi. Ponasimon suyakning kichik qanoti
suyak ta-
nasining yon tomonlaridan ikkita ildiz hosil qilib chiqqan juft
plastinka shaklida bo‘lib, ildizlar o‘rtasida ko‘ruv nervi o‘tadi-
gan ko‘ruv nervi kanali
yotadi. Kichik qanotning oldingi chekkasi
tish lar vositasida peshona suyagining ko‘z kosasi qismi va g‘alvir-
simon suyakning g‘alvirsimon plastinkasi bilan birikadi.
Uning orqa chekkasi erkin bo‘lib, medial tomonda miya qattiq
pardasi birikadigan oldinga egilgan o‘siqcha bo‘lib tugaydi. Kichik
qanotning yuqorigi yuzasi kalla bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lsa, pastki
yuzasi ko‘z kosasining ustki devorini hosil qiladi. Katta va kichik
qanotlar o‘rtasida ko‘z kosasining ustki yorig‘i bor.
Ponasimon suyakning katta qanoti
juft bo‘lib tananing yon
yuza sidan boshlanadi. Uning to‘rtta yuzasi tafovut qilinadi. Miya-
ga qaragan yuzasida
kalla suyagi ichidagi
barmoqsimon botmalar,
miya izlarining bo‘rtmalari
va
arteriya egatlari
bor. Katta qanot-
ning tanaga yaqin joyida uchta teshik bor. Boshqalardan yuqori roq
va oldinda uch shoxli nervning II shoxi o‘tadigan yumaloq teshik,
qanot ning o‘rtasida uch shoxli nervning III shoxi o‘tadigan oval
teshik joylash gan. Nisbatan kichkina o‘tkir qirrali teshik katta qa-
notning orqa burchagida joylashib, undan miya qattiq pardasining
o‘rta arteriyasi o‘tadi. Ko‘z kosasiga qaragan yuzasi
ko‘z kosasi-
ning lateral devorini hosil qiladi. U to‘rtburchakli silliq plastinka
shaklida. Yuqori jag‘ yuzasi
uchburchak shaklida, qanot-tanglay
chuqurchasiga qaragan bo‘lib, unga yumaloq teshik ochiladi.
Chakka yuzasi