Anatomiya 2014. indd


pesho- na suyagi bilan, ensa qirrasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
pesho-
na suyagi bilan, ensa qirrasi
 
ensa suya-
gi bilan, yuqorigi o‘qsimon qirrasi
 
shu 
nomdagi ikkinchi suyak bilan tishli 
chok hosil qiladi.
Uning pastki palla qirrasi
 
ponasi-
mon suyakning katta qanoti va chakka 
suyagi pallasi bilan birikadi. To‘rt qirra 
o‘zaro birikib to‘rtta burchakni: oldingi-
yuqorigi peshona, oldingi-pastki ponasi-
mon,
 
orqa-yuqorigi ensa va orqa-pastki 
so‘rg‘ichsimon burchaklarni hosil qila-
di. Qavariq tash qi yuzasining markazida 
tepa suyagining do‘ngligi,
 
undan past-
roqda chakka mushaklari boshlanadigan 
yuqorigi va ostki chakka chiziqlari joy-
lashgan. Uning ichki botiq yuzasida ust-
ki o‘qsimon sinus egati va arteriya egat-
lari bor. So‘rg‘ichsimon burchak sohasi-
da sigmasimon sinus egati joylashgan. 
Peshona suyagi
(os frontale,
 
61-rasm) toq bo‘lib, kalla gum-
bazining oldingi qismi va oldingi kalla chuqurchasini hosil qilish-
da ishtirok etadi. Unda uch qism: vertikal joylashgan peshona 
suyagining pallasi, juft ko‘z kosasi qismi va burun qismi tafovut 
qilinadi.
Peshona suyagi pallasining
 
tashqi qa variq yuzasi yon tomon-
ga chakka yuza siga
 
o‘tib ketadi. Pallaning tashqi yuzasida bir juft 
peshona do‘ngligi
 
bor, ularning o‘rtasida qanshar
 
joylashgan. 
Suyak pallasini ko‘z kosasi qismidan ko‘z kosasining ustki 
60-rasm. O‘ng tepa suyagi. 
Tashqi yuzasi:
1–peshona qirrasi; 2–pal-
la qirrasi; 3–tepa suyagining 
do‘ngligi; 4–ostki chak-
ka chizig‘i; 5–ensa qirrasi; 
6–yuqorigi chakka chizig‘i; 
7–o‘qsimon qirra.
61-rasm. Peshona suyagi. Old tomondan 
ko‘rinishi:
1–tepaga qaragan qirra; 2–peshona 
do‘ngligi; 3–chakka chizig‘i; 4–qan shar; 
5–ko‘z kosasi usti teshigi; 6–burun qismi; 
7–ko‘z kosasi usti qirrasi; 8–ko‘z kosasi 
usti kemtigi; 9–yonoq o‘simtasi; 10–qosh 
usti yoyi; 11–chakka chuqurchasi;
12–peshona suyagining pallasi.


119
qirrasi
 
ajratib turadi. Bu qirraning burun qismiga yaqin joyida 
ko‘z kosasi usti kemtigi bor. Ko‘pincha, bu kemtik teshikka ay-
lanishi mumkin. Ko‘z kosasining ustki qirrasi lateral tomonga 
yonoq suyagi bilan birikadigan yonoq o‘simtasini hosil qilib tu-
gaydi. Undan yuqoriga va orqaga qarab chakka mushagi birikadi-
gan chakka chizig‘i yo‘naladi. Har bir qirradan yuqoriroqda qosh 
usti yoyi bor. Peshona suyagi pallasining ichki (miya) yuzasi go-
rizontal joylashgan ko‘z kosasi qismiga o‘tadi. Pallaning ichki 
yuza sini oldingi tomonida peshona qirrasi bor.
U orqa tomonga qarab o‘rta chiziq bo‘ylab yo‘nalgan ustki 
o‘qsimon sinus egatigacha davom etadi. Peshona qirrasining aso-
sida bosh miya qattiq pardasi yopishadigan ko‘r teshik bor.
Peshona suyagining ko‘z kosasi qismi
 
gorizontal joylashgan bir 
juft yupqa plastinkadan iborat. O‘ng va chap ko‘z kosasi qismla-
ri o‘zaro g‘alvirsimon suyak kemtigi bilan ajralgan. Uning ustki 
miya yuzasida barmoq izlari va miya izlarining bo‘rtmalari

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin