Anatomiya 2014. indd


Oyoqning kaft ustu-kaft bo‘g‘imlari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Oyoqning kaft ustu-kaft bo‘g‘imlari
(lisfrank bo‘g‘imi) kubsi-
mon va ponasimon suyaklarning kaft suyaklari bilan birlashishidan 
hosil bo‘ladi. U uchta alohida bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, birinchi-
si medial ponasimon va I kaft suyagi o‘rtasidagi alohida bo‘g‘im 
xaltasi bilan o‘ralgan egarsimon bo‘g‘im. Ikkinchi bo‘g‘im oraliq-
dagi va lateral ponasimon suyaklar bilan II 
ва
III kaft suyakla-
ri o‘rtasidagi ikkita bo‘g‘im bitta bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan. 
Uchinchi bo‘g‘im kubsimon suyak bilan IV va V kaft suyaklari 
o‘rtasida joylashgan. Bu ikki bo‘g‘im ham bitta bo‘g‘im xaltasi bi-
lan o‘ralgan. Bo‘g‘im xaltasi ust ki va oyoq kaftidagi kaft usti-kaft 
boylamlari hamda ponasimon va kaft suyaklariaro boylamlar
 
bilan 
mustahkamlanadi. Bu boylamlardan medial ponasimon suyak bi-
lan II kaft suyagi o‘rtasidagisi amaliyotda ahamiyatga ega bo‘lgani 
uchun lisfrank bo‘g‘imi kaliti deyiladi. Kaft oldi-kaft bo‘g‘imlari 
yassi bo‘g‘im turiga kirsa ham, harakat juda chegaralangan.
Oyoq kafti bilan barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar
kaft 
suyaklarining boshchasi bilan proksimal barmoq falangalari asosi 
o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Kaft suyaklarining boshchasi sharsimon shaklga ega bo‘lib, 
bo‘ g‘im xaltasi yupqa va erkin bo‘ladi. Bo‘g‘imni lateral va medial 
tomonidan yon lama boylamlar,
 
past tomonidan esa oyoq kafti-
ning boylamlari
 
mustah kamlaydi. Bo‘g‘imda harakat ikki o‘q atro-
fida bo‘lib, bukish va yozish hamda uncha katta bo‘lmagan ma-
sofaga uzoqlashtirish va yaqinlash tirish kabi harakatlarni bajarish 
mumkin.
Oyoq falangalari orasidagi bo‘g‘im. 
Shakl va faoliyat jihati-
dan bu bo‘g‘imlar xuddi qo‘l kaftiga o‘xshaydi. Ular g‘altaksi-
mon bo‘g‘imlar guruhiga kirib, yon tomondan yonlama boylamlar 
hamda oyoq kaftining boylamlari
 
bilan mustahkamlanadi.
Oyoq panjasi suyaklari qo‘l kafti suyaklariga nisbatan kam ha-
rakat bo‘lib, tananing tayanch vazifasini bajarishga moslash gan. 
Oyoq panjasi suyaklari o‘zaro birlashib yuqoriga qaragan oyoq 
gumbazini hosil qiladi. Shuning uchun oyoq panjasi yerga butun 
kaft bilan emas balki uchta nuqta: orqada tovon suyagi do‘ngl igi, 
oldinda I va V kaft suyaklarining boshchasi bilan tegadi.


115
Oyoq gumbazining hosil bo‘lishida oyoq kaftining uzun boyla-
mi, oyoq kaftidagi tovon-qayiqsimon boylam,
 
kaft aponevrozlari-
ning va oyoq kafti mushaklarining roli katta. Agarda bu boylamlar 
va mu shaklar bo‘shashib ketsa, oyoq gumbazi yo‘qolib, yassi pan-
ja vujudga keladi. Oyoq gumbazi amortizator vazifasini bajarib, u 
tana og‘irligini oyoq panjasiga bir tekis taqsimlanishida, yurgan-
da, yugurganda va sakraganda tananing silkinishini kamaytirishda 
katta ahamiyat ga ega.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin