MAVZU: O`SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH SOHASIDA HARAKATLARNI BAJARISH VA MUAYYAN FAOLIOYATNI AMALGA OSHIRISH
Reja:
1. O`rta Osiyo o`simliklarining umumiy xususiyatlari
2. Tekislik o`lkalarining o`simliklari 3. Tog`li o`lkalarning o`simliklari O`rta Osiyo Sibir, Markaziy Osiyo, Tibet, Eron, Old Osiyo va Kavkaz oralig`ida ekanligi uning o`simlik va hayvonot dunyosiga katta ta`sir etgan.Bu o`lkada O`rta dengiz bo`yidagi mamlakatlar Kavkaz, Eron, Sibir, hatto Shimoliy Afrika uchun xos bo`lgan endemik o`simlik va hayvon turlari ham oz emas. O`rta Osiyoda hammasi bo`lib 9000 ga yaqin o`simlik turi bor. Ammo bu o`simliklar hududning hamma yerida barobar o`savermaydi. O`rta Osiyoning ko`p qismi cho`l va chalacho`l bo`lsada, lekin barcha o`simlikning 10%gina bu zonada o`sadi, qolgan 90% tog` o`simliklaridir. Demak asosiy landshaft tiplariga qarab O`rta Osiyoni 3 ta geografik o`lkaga-chalacho`l, cho`l va tog`lar.
Chalacho`l dasht bilan cho`l o`rtasidagi oraliq zona bo`lganidan uning o`simliklari dasht va cho`l tipidagi o`simliklardir. Chalacho`l shuvoqli o`tlar o`sadigan dashtlarda bo`lsada, lekin uning shimolida boshoqli o`simliklar ko`pdir. Boshoqli o`simliklar janubga tomon tobora kamayib, shuvoq o`tlar ko`paya boradi, sho`ra ham ancha ko`p uchray boshlaydi. Chalacho`lning shimolida betaga, qiltanoq, chalov kabi boshoqli o`simliklar va turli o`tlar o`sadi. Betaga shu qadar ko`pki, bu yerni betaga shuvoqzor chalacho`l deyish ham mumkin.
Bahorda chalacho`lda yog`in ko`p bo`lganidan bir yillik efemerlar, ko`p yillik efemeroidlar barq urib o`sadi, lekin quruq va vegetatsiya davri tugaydi. Lola, chuchmoma, gulsafsar, ayiqtovon, ravoch, tangabargvaboshqalaranashuefemervaefemeroido`simlikladandir. Bir yillik efemerlar bir poyali pakana o`simlik bo`lib, yam-yashil barglari va poyalari yoz boshida tez so`lb qoladi.
Chalacho`lda daraxtlar nihoyatda oz. Qayin tog` terak, zarang, tol va qarag`aylardan daraxtzorlar balandliklarda, suvli chuqur joylarda va soy bo`ylarida ko`p uchraydi. Qozog`iston past tog`larining eng baland qismida, ayniqsa Ulutov, Qarqali tog`lari, Chingiztovda va bu tog`lar orasidagi vodiylarda o`simliklar ko`p. Tog` etaklari qalin pichanzorlar bilan tog`lar va ularning yon bag`irlari qayin, tog` terak, qarag`ay daraxtzorlari bilan qoplangan, bu daraxtzorlar orasida do`lana, namatak, cheryomuxa, qoraqat, maymunjon, malina butazorlari ham bor. Chalacho`llarning qumoq va qumloq yerlarida dastlab klok, erkak o`t, selin, qumarchiq kabi o`simliklar uchraydi.
O`rta Osiyo cho`llari shimoliy va janubiy zonachalarcha bo`linadi. Bu cho`llar paydo bo`lishi ekologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shimoliy cho`llarda yog`in umuman oz, ammo yil fasllarida yog`in deyarli bir tekisda yog`asi va bahorda yomg`ir umuman oz, ammo yil fasllarida yogin deyarli bir tekisda va bahorda yog`maydi. Shuning uchun o`simlik va tuproq paydo bo`lishi jarayoni o`z rivojlanishida mavsumlik xususiyatiga emasdir. Shimoliy gil toshloq cho`llarni shuvoq turali cho`lar deb yuritiladi, chunki shuvoq bilan sho`ra bir to`p bo`lib o`sadi. Bu cho`llar dasht uvoqning turlari ko`p: Shimoliy cho`l shu jihatdan janubiy cho`llardan farq qiladi. Shuvoq, sho`ra o`simliklarida esa burgon va boyalik shimoliy cho`lining asosiy o`simliklaridir. Shimoliy qumlarda bug`doyiq, chalov o`simligining bir necha turi bor, tereskan, shuvoq kabi o`simliklar ko`p. Bahorda qo`ng`irtbosh, yaltirbosh, qumqiyoq, iloq kabi efemer o`simliklar paydo bo`ladi. Bug`doyiq, chalov, shuvoq, qizilcha va qiyoq kabi o`simliklar qumni tutib turishda katta ahamiyatga ega.
Janubiy cho`llar esa iqlim jihatdan o`simlik va hayvonot dunyosining roivojlanish tarixi va tarkibi jihatidan Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho`llarining davomidir. Ya`ni bular O`rta dengiz tipidagi subtropik o`simliklardandir. O`rta Osiyoning Janubiy cho`llarida yog`in bir tekisda yog`maydi. Bahor va qishda yog`in ko`p yog`adi, yoz esa nihoyatda quruq keladi. Janubiy qumli cho`llar (Qoraqum va Qizilqum) o`simliklari yog`ingarchilik kam bo`lishiga, quruq va juda issiq yozga, kuchli shamolga moslashib olgan. Bu yerda quruq iqlimga bardosh beradigan va qum bosib ketganda ham bemalol o`sa oladigan o`simliklar o`sadi. Bunday o`simliklar o`zidan namni kam bug`lantirgani uchun ularning ko`plarining barglari bo`lmaydi. Barglari bo`lgan taqdirda ham juda mayda yoki ingichka, yikonli bo`ladi. Qumli cho`lga xos bo`lgan juzg`un, quyonsuyak, tereskan, qizilcha, astragal kabi butalarning hammasi past bo`yli, barglari kam. O`simlik bamisoli butaga o`xshab ko`rinadi.
Sho`rxok cho`lning o`ziga xos o`simliklaridan biri qora saksovuldir. U Qoraqumda, Qizilqumda, Sirdaryo atrofidagi tekisliklarda, Mo`yinqumda va Balxash bo`yi qumli cho`li va boshqa yerlarda o`sadi. Qora saksovul oq saksovul orasida kam uchraydi, ya`ni do`ng qum tepaliklarida oq saksovul o`ssa, qum oralaridagi kotlovinalarda boshqa o`simliklar bilan bir qatorda qora saksovul o`sadi. Qora saksovul 18-25 yil yashaydigan daraxt bo`lib, bo`yi 5-6 m, ayrim joylarda 8 m ga boradi.
Qumlar orasida sho`rxok va taqirlar ham bor. Taqirlarda o`simliklar butunlay o`smaydi yoki nihoyatda siyrak o`sadi. Faqat taqir atroflarida, taqir atrofidagi yoriqlarda efemer va ayniqsa sho`ra o`simliklarini ko`p uchratish mumkin.
O`rta Osiyo tog`li o`lkalari alohida floristik va zoogeografik oblastni tashkil etadi. Bu yerga qadimgi Hindiston-Himolay, O`rta dengiz-Afrika, dast-cho`lli Mo`g`uliston, Markaziy Osiyo yassi tog`ligi va Yevroosiyo o`simlik va hayvonlarining vakillari turli davrda turli yo`llar bilan kirib kelgan. O`simlik va hayvonot dunyosining tarkibi ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyat shundan iboratki, Turkiston tog`li o`lkasi javdar, no`xat kabi ekinlarning markazi bo`lgan, tog`lardagi yovvoyi olma, o`rik, olcha, tog`olcha, bodom, pista, tok va boshqa meva daraxtlaridan bu yerda bog`lar vujudga keltirilgan, ular keyinchalik butun dunyoga tarqatilgan.