Anatomiya 2014. indd


joylashgan. Ensa suyagining pallasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
joylashgan.
Ensa suyagining pallasi
 
tashqariga qavargan keng plastinka 
shaklida. Uning tashqi yuzasining o‘rtasida ensa suyagining tash-
qi do‘ngligi bor bo‘lib, undan to katta teshikkacha ensa suyagi-


117
ning tashqi qirrasi yo‘nalgan. Ensa suyagining tashqi do‘ngligi-
dan o‘ng va chap tomonga pastga qarab egilgan ensaning yuqori 
bo‘yin chizig‘i yo‘naladi. Unga parallel ravishda ensa suyagining 
tashqi qirrasining o‘rta qismidan ensaning pastki bo‘yin chizig‘i 
boshlanadi. Bundan tashqari ensa suyagining tashqi do‘ngligi us-
tida uncha yaxshi bilinmagan ensaning eng yuqori bo‘yin chizig‘i 
joylashgan. Ensa suyagi pallasining ichki botiq miya yuzasida joy-
lashgan xochsimon tepalik uni to‘rtta chuqurchaga bo‘ladi. Uning 
markazida ichki ensa do‘ngligi joylash gan. U pastga tomon torayib 
ensa suyagining ichki qirrasiga davom etadi. Undan yuqori tomon-
ga qarab yuqorigi sagittal sinus egati ketadi. O‘ng va chap tomonga 
yo‘nalgan ko‘ndalang sinus egati sigmasimon sinus egatiga o‘tadi. 
Ensa suyagi pallasining ustki va yon chekkasi tishlari yaxshi bilina-
di, u chakka va tepa suyaklari bilan birla shadi.
Tepa suyagi
(os parietale,
 
60-rasm) juft suyak bo‘lib, kalla 
gumbazi yuqori yon qismlarini tashkil qiladi. U to‘rt qirrali va 
to‘rt burchakli, tashqariga gumbazsimon bo‘rtib chiqqan plastin-
59- rasm. Ensa suyagi:
A. Old va yuqori tomondan ko‘rinishi: 1–ensa ichki do‘ngligi; 2–ensa
suyagini ichki qirrasi; 3–katta teshik; 4–nishab; 5–pastki toshsimon sinus 
egati; 6–bo‘g‘im do‘mbog‘i kanali; 7–ko‘ndalang sinus egati;
8–ustki o‘qsimon sinus egati.
B. Orqa va past tomondan ko‘rinishi: 1–ensaning eng yuqori bo‘yin chizig‘i;
2–ensa suyagining tashqi do‘ngligi; 3–ensaning yuqori bo‘yin chizig‘i;
4–ensaning pastki bo‘yin chizig‘i; 5–ensa suyagining do‘ngi;
6–ensa suyagining asos qismi; 7–halqum do‘mboqchasi; 8–ensa suyagining
lateral qismi; 9–do‘ng chuqurchasi; 10–ensa suyagining tashqi qirrasi;
11–ensa suyagining pallasi.


118
ka shaklida. Uning uchta chekkasi tish-
li bo‘lib, oldingi peshona qirrasi

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin