Kallaning miya qismi suyaklari Kallaning miya suyaklari kalla gumbazi va kalla asosini hosil
qi luvchi suyaklarga bo‘linadi. Kalla gumbazini peshona suyagi-
ning palla qismi, tepa suyagi, ensa va chakka suyagining palla qis-
mi va ponasimon suyakning katta qanoti hosil qiladi.
Kalla suyagi miya qismi asosini ensa suyagining asos va lateral
qismlari, ponasimon suyak, chakka suyagining toshsimon qismi,
g‘alvirsimon suyakning g‘alvirsimon plastinkasi hosil qiladi.
Ensa suyagi (os occipitale,
59-rasm) kallaning miya qismi-
ning orqa pastki sohasini hosil qiladi. Unda ensa suyagining asos
qismi, lateral qismi va ensa suyagining pallasi tafovut qilinadi.
Bu qismlar o‘zaro birikib, kalla bo‘shlig‘ini umurtqa kanali bilan
qo‘shuvchi katta teshikni
hosil qiladi.
Е
nsa suyagini asos qismi
katta teshikni old tomonida joylash-
gan bo‘ lib, 18–20 yoshlarda ponasimon suyak tanasiga qo‘shi-
lib ketadi. Uning miya yuzasi tarnov shaklida bo‘lib, ponasimon
suyak tanasi bilan birgalikda yuza nishabni hosil qiladi. Uning
lateral chekkasida pastki toshsimon sinus egati
, pastki yuzasida
halqum do‘mboqchasi
ko‘rinib turadi.
Lateral qismi
juft, noto‘g‘ri shaklga ega. Uning pastki yuzasi-
da atlantning ustki bo‘g‘im yuzasi bilan bog‘im hosil qiluvchi el-
lips shaklidagi ensa suyagi do‘ngi
joylashgan. Uning o‘rtasidan til
osti nervi kanali o‘tadi. Ensa do‘ngi orqasida do‘ng chuqurcha-
si bo‘lib, uning tubida kanal bor. Ensa suyagi do‘ngining yon to-
monida bo‘yinturuq kemtigi
bo‘lib, u chakka suyagidagi shunday
kemtik bilan qo‘shilib bo‘yinturuq teshigini
hosil qiladi. Lateral
qismning miya yuzasida sigmasimon sinus egati