111
56-rasm. O‘ng tizza bo‘g‘imi.
Old tomondan ko‘rinishi:
1–tizza qopqog‘i yuzasi; 2–medial do‘nglik;
3–orqadagi xochsimon boylam; 4–oldingi me-
nisk-son boylami; 5–medial menisk; 6–katta
boldir yonlama boylami 7–tizza qopqog‘ining
boylami; 8–tizza qopqog‘ining bo‘g‘im yuza-
si; 9–boldirning suyaklararo pardasi; 10–kichik
boldir suyagining boshchasi; 11–kichik
boldir
suyagi boshchasining oldingi boylami;
12–lateral menisk; 13–sonning ikki boshli
mushagi payi; 14–kichik boldir yonlama boy-
lami; 15–lateral do‘nglik; 16–tizzaning ko‘nda-
lang boylami; 17–oldingi xochsimon boylam.
qariga qaragan bo‘lib, bo‘g‘im xaltasiga birikkan bo‘ladi. Yupqa-
lashgan ichki chekkasi esa bo‘g‘im ichiga qaragan. Medial menisk
ingichka yarim oysimon shaklda bo‘lib,
lateral menisk nisbatan
keng bo‘ladi. Ularning uchlari do‘nglararo tepalikka boylamlar vo-
sitasida birikib turadi. Old tomondan ikkala menisk o‘zaro tizza-
ning ko‘ndalang boylami bilan birikib turadi.
Tizza bo‘g‘imining xaltasi yupqa, erkin va keng bo‘ladi. Tiz-
za bo‘g‘imi boylamlari bo‘g‘im sirti va bo‘g‘im ichi boylamlari-
ga bo‘linadi. Bo‘g‘im ichi boylamlari: oldingi xochsimon boylam
son suyagining lateral do‘ngligining
medial yuzasidan boshlanib,
do‘nglar orasidagi oldingi maydonga birikadi. Orqa xochsimon
boylam son suyagi medial do‘ngligining lateral yuzasidan boshla-
nib, do‘nglar orasidagi orqa maydonga birikadi. Tizza bo‘g‘imi-
ning bo‘g‘im sirti boylamlari uning yon, old va orqa tomonlarida
joylashib o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Bo‘g‘imning yon to-
monlarida katta va kichik boldir yonlama boylamlari joylash gan.
Bo‘g‘imning old tomonida tizza qopqog‘ining cho‘qqisidan
bosh lanib, katta boldir suyagi g‘adir-buduriga
birikkan qalin va
kuchli tizza qopqog‘i boylami joylashgan. Bu boylam sonning to‘rt
bosh li mushagi payi bo‘lib, pay ichida tizza qopqog‘i hosil bo‘lga-
nidan so‘ng boylamga aylanib ketadi. Bo‘g‘imning orqa yuza sida
bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan taqimning qiyshiq boylami
va ta-
qimdagi ravoqsimon boylam joylashgan.
Tizza bo‘g‘imida harakat ikki o‘q atrofida: frontal o‘q atrofi-
da – boldirni bukish va yozish, vertikal o‘q atrofida – ichkariga
va tashqariga burish sodir bo‘ladi.
112
Katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro
uzluksiz va uzlukli
birlash malar vositasida birikadi.
Boldir suyaklari o‘rasidagi bo‘g‘im
kichik boldir suyagi bosh-
chasining bo‘g‘im yuzasi bilan katta boldir suyagining kichik boldir
bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida bo‘ladi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzasi yassi
bo‘lgani uchun yassi bo‘g‘imlar turkumiga kiradi. Bo‘g‘im xalta-
si tarang bo‘lib, bo‘g‘im yuzalarining chekkasiga birikadi. Bo‘g‘im
xal tasini tashqi tomondan ikki suyak o‘rtasida tortilgan kichik bol-
dir suyagi boshchasining oldingi va
orqa boylamlari mustahkam-
lab turadi. Bu bo‘g‘imda harakat chegaralangan bo‘ladi.
Boldir suyaklarining pastki uchlari o‘zaro uzluksiz birlashma-
boldir suyaklariaro sindesmoz hosil qilib birlashadi. Bunda katta
boldir suyagining kichik boldir kemtigi va lateral to‘piqning bo‘-
g‘im yuza si ishtirok etadi. Bu bo‘g‘im harakatsiz bo‘lib, uni tashqi
tomondan lateral to‘piq va katta boldir suyagi o‘rtasida tortilgan
oldingi va orqa boldir suyaklariaro boylamlar mustahkamlab tu-
radi. Bu ikki birlashmadan tashqari boldir
suyaklarining suyaklar-
aro qirralari o‘rtasida suyaklararo parda tortilgan bo‘ladi. Bu par-
da bilakdagiga nisbatan qalin va mustahkam bo‘lib, uning yuqori
va pastki qismlarida qon tomirlar uchun teshiklar bor.
Dostları ilə paylaş: