110
gining boshchasidagi boylamidir.
Bu
boylam orqali chanoq suya-
gidan son suyagining boshchasiga arteriya o‘tib, uni oziqlantira-
di. Chanoq-son bo‘g‘imining xaltasi chanoq suyagining quymich
kosachasi chekkasi bo‘ylab biriksa,
son suyagining old tomoni-
da ko‘stlararo chiziq bo‘ylab, orqa tomonda esa ko‘stlararo qirra-
dan ichkariroqqa birikadi. Bo‘g‘im xaltasini tash qi tomondan uch-
ta boylam mustahkamlab turadi. Ulaming
eng kuchlisi yonbosh-
son boylami
bo‘lib, bo‘g‘imning old tomonida yotadi. Bu boylam
yonbosh suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘ining
oldingi chek-
kasidan boshlanib pastga yo‘naladi va ko‘stlararo chiziqqa birika-
di. Qov-son boylami uchburchak shaklida bo‘lib, uning keng aso-
si qov suyagining
ustki shoxidan boshlanib, uchi ko‘stlararo chizi-
qning ichki chekkasiga birikadi. Quymich-son boylami
nisbatan
yup qa bo‘lib bo‘g‘imning orqa yuzasida joylashgan. U quymich
suyagi
tanasidan bosh lanib, katta ko‘stga birikadi. Bundan tashqa-
ri son suyagining bo‘ynini sirtmoq kabi o‘rab, yonbosh suyagining
oldingi pastki o‘sig‘iga birikuvchi aylanma belbog‘ boylami
ham
bor. Chanoq-son bo‘g‘imida harakat uch o‘q atrofida sodir bo‘lsa-
da, sharsimon bo‘g‘imga nisbatan biroz chegaralangan. Frontal o‘q
atrofida chanoq-son bo‘g‘imida
son bukiladi va yoziladi, sagittal
o‘q atrofida son bir-biridan uzoq lashadi va yaqinlashadi. Verti-
kal o‘q atrofida esa son ichkariga va tashqariga
buriladi va aylan-
ma harakat sodir bo‘ladi. Chanoq-son bo‘g‘imida harakatni che-
garalashda, uning atrofida joylash gan kuchli mushak guruhlarining
ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: