Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Yarim payli mushak
(m. semitendinosus) medial joylashib
 
quymich do‘ngligidan boshlanadi. Sonning o‘rta qismida uzun 
payga o‘tib pastga tizza bo‘g‘imining orqa medial tomoniga yo‘na-
ladi va katta boldir suyagining yuqori qismining medial yuzasiga 
birikadi.
Faoliyati: sonni yozadi, boldirni tizza bo‘g‘imida bukib ichka-
riga buradi. 
3.
 Yarim pardali
mushak
(m. semimembranosus) lateral joy-
lashib,
 
quymich do‘nglig‘idan uzun yassi pay parda shaklida 
bosh lanadi. Pay parda pastga yo‘nalib, sonning o‘rtasida mushak 


189
qo rin chasiga o‘tadi. Mushak tizza bo‘g‘imi sohasida yassi payga 
ay lanib, katta boldir suyagining medial do‘nglig‘ining orqa late-
ral yuzasiga birikadi.
Faoliyati: sonni yozadi, boldirni bukadi va ichkariga buradi.
Sonning medial guruh mushaklariga bir sonni ikkinchi songa 
yaqinlashtiruvchi: nozik, taroqsimon, uzun, kalta va katta yaqin-
lashti ruvchi mushaklar kiradi. Bu mushaklar quymich va qov 
suyaklarining tashqi yuzasidan boshlanadi. Ularning boshlanish 
joyi qov do‘mboq chasidan to quymich do‘ngligigacha bo‘lgan kat-
ta sohani egallaydi. Ular son suyagining g‘adir-budur chizig‘ini bor 
bo‘yiga birikadi.
1.
Taroqsimon mushak
(m. pectineus)
 
kalta, yassi mushak. 
Qov suyagining qirrasi va ustki shoxidan boshlanib, son suyagini 
taroqsimon chizig‘iga birikadi. 
Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi va bukadi. 
2. 
Nozik mushak
(m. gracilis)
 
qov simizining pastki qismi va 
qov suyagining pastki shoxidan boshlanadi. Sonning medial yuza-
si bo‘ylab yo‘nalib, katta boldir suyagi tanasini yuqori qismining 
medial yuzasiga birikadi. 
Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi, boldirni bukadi va ichkariga 
buradi.
3. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin