Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
lateral devorini medial serbar mushak, old tomon-
dan yuqoridagi mushaklar o‘rtasida tortilgan fibroz qatlam qop-
lab turadi.
Son kanali
(canalis femoralis)
 
sog‘ odamda bo‘lmaydi, am-
mo tomirlar sohasi botig‘ini medial burchagida son halqasi
 
bo‘lib, 
unda limfa tuguni yotadi. Uning devorlarini old tomondan chov 
boylami, orqadan taroqsimon fassiya, medial tomondan lakunar 
boylam va lateral tomondan son venasi chegaralab turadi. Qorin 
bo‘shlig‘i tomonidan son halqasi qorinning ko‘ndalang fassiyasi 
bilan yopilgan. Qorin bo‘shlig‘ida bosim oshganida son churrasi 
paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda son halqasi son kanali-
ning kirish teshigiga aylanadi. Bu teshik orqali kirgan churra son-
ning keng fassiyasining yuza va chuqur varaqlari o‘rtasidan o‘tib, 
oval chuqurcha sohasiga borib oval teshik
 
orqali teri ostiga chiqa-
di. Bu teshik son kanalining chiqish teshigiga aylanadi. Son ka-
nalining uchta devori bo‘lib, oldingi devorini sonning serbar fas-
siyasining yuza varag‘i, orqa devorini sonning serbar fassiyasining 
chuqur varag‘i, lateral devorini son venasi hosil qiladi.
Taqim chuqurchasi 
romb shaklida bo‘lib, tizza bo‘g‘imi orqa-
sida joylashgan. Uning yuqori burchagi lateral tomondan sonning 
ikki bosh li mushagi, medial tomondan yarim payli mushak bilan, 
pastki burchagi boldir mushagining boshchalari bilan chegarala-
nadi. Taqim osti chuqurchasida nerv, qon tomirlar, limfa tugun-
lari yotadi.
Taqim osti chuqurchasining pastki burchagidan taqim-boldir 
kanali
 
boshlanadi. Bu kanal boldirning orqa guruh mushaklari-
ning yuza va chuqur qavatlari o‘rtasida joylashib, old tomondan 
orqa katta boldir mushagi, orqa tomondan kambalasimon mu-
shak chegaralaydi. Kanaldan orqa katta boldir arteriyasi, venasi 
va katta boldir nervi o‘tadi.
Boldirning lateral yuzasining yuqori qismida kichik boldir 
suyagi bilan kichik boldirning uzun mushagi o‘rtasida ustki mu-
shak-kichik boldir kanali joylashgan bo‘lib, undan yuza kichik 
boldir nervi o‘tadi. Pastki mushak-kichik boldir kanali boldir-
ning o‘rta qismida taqim-boldir kanalidan lateral tomonga ajra-
lib chiqadi. Uning oldingi devorini kichik boldir suyagining orqa 
yuzasi, orqa devorini esa bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak 
hosil qiladi. Bu kanalda kichik boldir arteriyasi va venasi yotadi.


198
Oyoq panjasining kaft yuzasida medial va lateral kaft egatlari 
bo‘ lib, ulardan shu nomdagi qon tomir va nervlar o‘tadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin