Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Hazm a’zolari tizimi
Hazm a’zolari og‘iz yorig‘idan boshlanib, tashqi teshik bilan 
tugov chi hazm traktidan iborat. Unga og‘iz bo‘shlig‘i va unda joy-
lashgan a’zolar (tishlar, til, so‘lak bezlari), halqum, qizilo‘ngach, 
osh qozon, ingichka va yo‘g‘on ichak, jigar, oshqozon osti bezi ki-
radi (103-rasm). Hazm a’zolari tizimi organizmga tushgan oziqa 
moddalarni mexanik va kimyoviy parchalash, parchalangan ozi-
qa moddalarni qon va limfa tomirlarga so‘rilishi, 
so‘rilmay qolgan qismini esa chiqindi (axlat) sifati-
da tashqariga chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
Og‘iz bo‘shlig‘i hazm a’zolarining bosh lang‘ich 
qismi bo‘lib, bu yerda tishlar vosi ta sida uzib olin-
gan oziqa moddalar may 
da lanadi, til yordamida 
103-rasm. Ovqat hazm qilish tizimi
a’zolarining chizmasi:
1–quloq oldi bezi; 2–til; 3–qizilo‘ngach; 4–oshqo-
zon; 5–oshqozon osti bezi; 6–och ichak; 7–ko‘nda-
lang chambar ichak; 8–tushuv chi chambar ichak; 
9–sigmasimon chambar ichak; 10–to‘g‘ri ichak;
11–yonbosh ichak; 12–chuvalchangsimon o‘simta; 
13–ko‘richak; 14–ko‘tariluvchi chambar ichak;
15–o‘n ikki barmoq ichak; 16–umumiy o‘t yo‘li;
17–o‘t pufagi; 18–jigarning o‘ng bo‘lagi; 19–jigarning 
chap bo‘lagi; 20–jag‘ osti bezi; 21–til osti bezi;
22–og‘iz bo‘shlig‘i.


202
aralashtirilib, so‘lak bezlari ish lab chiqargan suyuqlik – so‘lak bi-
lan yum shatiladi. Hosil bo‘lgan ovqat luqmasi halqum va qizil-
o‘ngach orqali oshqozonga o‘tkaziladi. Osh qozonda ovqat mod-
dalari oshqozon shirasi ta’sirida suyultiriladi, aralashadi va par-
chalanadi. Ma’lum darajada parchalangan ovqat massasi oshqo-
zondan ingichka ichakka o‘tadi. Ingichka ichakning boshlang‘ich 
qismi bo‘lgan o‘n ikki barmoq ichakda ovqat moddalari oshqozon 
osti bezi shirasi, jigarda ishlab chi qarilgan o‘t suyuqligi va ichak 
bezlari shirasi ta’sirida parchala nishda davom etadi. Och va yon-
bosh ichakda parchalangan oziqa moddalar qon va limfa tomirla-
riga so‘riladi. Parchalanmay va so‘rilmay qolgan ovqat moddalari 
yo‘g‘on ichakka o‘tadi. Bu yerda suv so‘rilib, qolgan moddalardan 
axlat hosil bo‘ladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin