199
birligi bir butun bo‘lib ishlaydi, chunki barcha mushak tolalari bir
vaqtda qisqaradi. Mu shak qancha nozik va aniq harakatni bajar-
sa, harakat birligi shuncha mayda bo‘ladi. Shuning uchun harakat
birligi oyoq mu shaklarida juda katta, qo‘l mushaklarida, ayniqsa,
barmoq lar harakatini boshqaruvchi mushaklarda mayda bo‘ladi.
Agar mushak o‘z qisqarishida qisqarsa va yuk ko‘tara olsa,
bunday qisqarish izotonik qisqarish deb ataladi. Qisqarishning
bu turi da mushak tonusi yoki kuchlanishi o‘zgarmaydi, ammo
uzunligi o‘z garadi. Agar mushakning ikki uchini qotirib qo‘yib
ta’sirlansa, unda kuchlanish paydo bo‘ladi, uzunligi esa o‘zgar-
maydi. Qisqarishning bu turi izometrik qisqarish deb ataladi.
Mushak qisqarganida, o‘zining og‘irligiga birnecha barobar
katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega. Mushak kuchi u ko‘tarishi
mum kin bo‘l gan eng katta yuk bilan o‘lchanadi. Mushak kuchi
mushak ni hosil qiluv chi mushak tolalari miqdori va ularning qa-
linligiga bog‘liq. U fiziologik ko‘ndalang kesimga, y’ani mushak
tarkibiga kiruvchi barcha mushak tolalarining ko‘ndalang kesimi
yig‘indisiga to‘g‘ri proporsionaldir.
Mushakning 1 sm fiziologik ko‘ndalang kesimiga tegishli
mushak kuchi, mushakning absolyut kuchi deb ataladi. Odam
mushagi uchun u 5–10 kg teng. Jismoniy shug‘ullanganda mu-
shak tolalari qalinla shadi va unung energiya resurslari oshadi.
Shu bilan bog‘liq ravishda mu shak kuchi ham oshadi.
Dostları ilə paylaş: