Anatomiya 2014. indd


-rasm. Og‘iz bo‘shlig‘i bezlari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

108-rasm. Og‘iz bo‘shlig‘i bezlari.
O‘ng tomondan ko‘rinishi:
1–quloq oldi bezi; 2–qo‘shimcha quloq oldi 
bezi; 3–quloq oldi bezining nayi; 4–lab bezlari; 
5–til bezlari; 6–pastki jag‘ osti bezining nayi; 
7–pastki jag‘ osti bezi; 8–til osti bezi;
9–chaynov mushagi.


210
Pastki jag‘ osti so‘lak bezi
 
murakkab alveolyar-naysimon bez 
bo‘ lib, aralash tarkibli suyuqlik ishlab chiqaradi. U pastki jag‘ 
suyagi ostidagi chuqurchada
 
joylashib, og‘irligi 15 g. U yupqa 
kapsula bilan o‘ralgan. Tashqi tomondan bezga bo‘yin fassiyasi-
ning y uza qatlami va teri tegib turadi. Uning ustki yuzasi pastki 
jag‘-til osti mu shagiga tegib tursa, medial yuzasi til osti-til va bigi-
zsimon-til osti suyagi mu shaklariga tegib turadi. Bezning umumiy 
nayi (Vartanov nayi) oldinga tomon yo‘nalib, til osti so‘rg‘ichiga 
til uzangisi yonida ochiladi.
Til osti so‘lak bezi
 
ancha kichik bez bo‘lib, og‘irligi 5 g. U 
shilliq suyuqlik ishlab chiqaradi. Bez og‘iz tubi shilliq pardasi os-
tida past ki jag‘-til osti suyagi mushagi ustida yotadi. Lateral to-
mondan bez pastki jag‘ning ichki yuzasiga, medial tomondan en-
gak-til osti, til osti-til va engak-til mushaklariga tegib turadi. Til 
osti bezi mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ularning alohida 
mayda naychalari til osti burmasi bo‘ylab ochiladi. Uning kat-
ta nayi pastki jag‘ osti bezi nayi bilan birga til osti so‘rg‘ichiga 
ochiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i fiziologiyasi
Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni birlamchi mexanik va kimyoviy 
ish lanishi boshlanadi, shuningdek, ta’m bilish retseptorlari vo-
sitasida uning ta’mi va organizmga yaroqliligi aniqlanadi. Og‘iz 
bo‘shlig‘ida ovqat 15–20 soniya davomida maydalanadi, so‘lak-
ni shimadi, ovqat luqmasi hosil bo‘ladi va yutiladi. Shu qisqa va-
qt ichida so‘lak fermentlari ta’sirida uglevod lar qisman parcha-
lanadi.
So‘lak bezlarining ishlab chiqargan suyuqligi – so‘lak kuch-
siz ishqoriy muhitli suyuqlik bo‘lib tarkibida asosan amilaza fer-
menti, noorganik tuzlar, oqsil va mutsin bo‘ladi. So‘lak amilazasi 
kraxmalni disaxarid va maltazagacha parchalaydi. Mutsin so‘lakni 
cho‘ziluv chan qilib, ovqat luqmasini yopishtiradi va uni sirpanuv-
chan qiladi. So‘lak fermentlari ovqat bilan oshqozonga tushgach, 
oshqozon shirasi ta’sirida o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
So‘lak bezlarining sekretsiyasi ovqatni ko‘rganda va ovqatlan-
gan vaqt da boshlanadi. Og‘izga qandaydir modda kirganida, og‘iz 
bo‘ shlig‘ida joylashgan retseptorlar qo‘zg‘alishi ro‘y beradi. Ret-
septorlarning qo‘z 
g‘alishi markazga intiluvchi sezuvchi nervlar 


211
orqali uzunchoq miyada joylashgan so‘lak ajratuvchi o‘zaklar-
ga o‘tkaziladi. Bu o‘zaklardan qo‘zg‘alish sekretor nervlar or-
qali so‘lak bezlariga yetib keladi va so‘lak ajratishni chaqiradi. 
Nerv tizimi ta’sirida bezning qo‘zg‘alish mexanizmi refleks deyi-
lib, retse ptordan effektorgacha nervlardan tashkil topgan yo‘l re-
flektor yoyi deyiladi.
Parasimpatik va simpatik nervlar so‘lak bezlarining sekretor 
nerv lari bo‘ladi. Parasimpatik nerv qo‘zg‘alganida – ko‘p miq-
dorda suyuq so‘ lak ajraladi, simpatik nerv qo‘zg‘alganda esa – 
oz miq dorda cho‘ziluv chan so‘lak ajraladi. Odamda shartsiz va 
tug‘ma reflekslardan tashqari hayot jarayonida murakkab shartli 
reflekslar paydo bo‘ladi. Odam ovqat ni ko‘rganida, hidini sezga-
nida va ovqat haqida so‘zlashishi ham so‘lak ajralishini keltirib 
chiqirishi mumkin.
Odamning so‘zlash faoliyati taroqqiyoti bilan bog‘liq ravishda 
og‘izning shilliq pardasini namlab turuvchi mayda so‘lak bezlari 
doim faoliyat ko‘rsatadi. Og‘izning shilliq pardasi orqali ba’zi do-
ri moddalar (nitroglitserin) so‘riladi. 
Yutish.
Og‘iz bo‘shlig‘ida hosil bo‘lgan ovqat luqmasi til 
mushak larining qisqarishi ta’sirida til ildiziga qarab yo‘naladi. 
Ovqat til il di ziga yoki yumshoq tanglayga tekkanida reflektor ra-
vishda yutish harakati boshlanadi. Bunda yumshoq tanglay yuqo-
riga ko‘tarilib, halqumning orqa devoriga yaqinlashadi va burun 
bo‘shlig‘iga ki rishni yopadi. Shu bilan bir vaqtda hiqildoq yuqo-
riga ko‘tariladi va til ildizi hiqildoq usti tog‘ayini bosib hiqildoq-
qa kirish teshigini berkitadi. Halqumning boshlang‘ich qismiga 
o‘tgan ovqat luqmasi uning mushaklarini qisqarishi bilan qizil-
o‘ngachga suriladi. Qizilo‘ngach mushaklarining to‘lqinsimon qis-
qarishi ovqat luqmasini oshqozonga o‘tkazadi. Og‘iz bo‘shlig‘idan 
to osh qozongacha bo‘lgan masofani quyuq ovqat 6–8 sekundda, 
suyuq ovqat esa 2–3 sekundda o‘tadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin