Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

113-rasm. Oshqozonning
mushakli pardasi:
1–halqali qavat; 2–qiya
tolalar; 3–oshqozonning pilo-
rik qismini 12 barmoq ichak-
ka o‘tish joyi; 4–qizilo‘ngach.


219
Qayt qilish. 
Goho
 
oshqozonga sifatsiz ovqat tushib qolsa, u 
tash qariga chiqarib tashlanadi. Qayt qilish murakkab himoya ref-
leksi bo‘lib, uning markazi uzunchoq miyada joylashgan. Qayt qi-
lishdan oldin chuqur nafas olinadi, undan keyin pilorik sfink-
ter yopiq holat da bo‘lganida oshqozon va qorin mushaklari ku-
chli qisqarib, oshqozon ichidagi mahsulotlar tashqariga chiqarib 
yubo riladi.
Ovqatni oshqozondan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tishi. 
Osh-
qozon ning kirish qismidan peristaltik qisqarish ovqat bo‘tqasini 
pilorik qism ga qarab suradi. Agar pilorik sfinkter ochilsa, oshqo-
zon ichidagi mahsulotlar o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi. Spink-
terni ochilishi va bekilishi o‘n ikki barmoq ichakdan ba’zi bir 
kimyo viy va mexanik ta’sirlovchilar bilan (ichida xlorid kislota 
alohida o‘rin tutadi) bosh qariladi.
Oshqozon patologiyasi
Gastrit –
oshqozon shilliq pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, 
sa bablari: sifatsiz ovqatlanish, ovqatlanish tartibining buzilishi, 
dag‘al, o‘ta achchiq ovqat, spirtli ichimliklar iste’mol qilish ham 
katta ahamiyatga ega. Gast rit o‘tkir va surunkali bo‘ladi. 
O‘tkir gastrit kataral, flegmonoz va yiringli bo‘ladi. O‘tkir gas-
trit, shilliq pardaga ta’sirlovchi moddalar ta’sir qilganda yoki un-
dan toksik moddalar ajralib chiqqanda (uremiya va infeksion ka-
salliklarda) kelib chiqadi. Bunda, shilliq parda qalinlashib, qonga 
to‘lishib qoladi, ba’zan shilliq pardada erroziyalar paydo bo‘ladi.
Flegmonoz gastritda, shilliq parda yiringli infiltratsiyaga uch-
raydi. Ba’zan jarayon shilliq osti, mushak, serroz pardaga o‘tib, 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin