220
uchraydi (114-rasm). Ba’zan bir nechta
yara ham bo‘lishi mumkun, diametri 1–6
sm. Yaralar ko‘pincha, oshqozonning ki-
chik egriligida,
plorik qismida, 12 bar-
moqli ichakning bosh lanish qismida joy-
lashadi. Yara kasalligi, ko‘ pincha, osh-
qozon sekre tsiyasini oshi shi bilan bosh-
lanadi – osh qozon shirasida xlorid kis-
lota ko‘payib ketadi.
U,
yara ichiga kirib, nerv oxirlarini
ta’sirlab, og‘riq keltirib chiqaradi. Bundan tashqari xlorid kislo-
ta qon tomirlarni yemirib, qon oqishiga ham olib keladi va be-
morlarda anemiya paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Yara chetla-
ri bo‘ylab chandiq lanish, regeneratsiya jarayoni ro‘y beradi va
bunday yara qadoqlash gan – kallez yara deyiladi. Og‘ir hollar-
da yara oshqozon pardalarini teshib,
ichidagi massa qorin bosh-
lig‘iga tushadi va peretonit rivoj lanadi. Ba’zan, yara atrofdagi
a’zolarga kirib o‘sadi, bunday yara penetirlanuv chi yara deyiladi.
Yara kasalligi surunkali kasallik bo‘lib, og‘ir hollarda, rakka ham
aylanishi mumkin.
Ingichka ichak
Ingichka ichak
(intestinum tenue)
hazm nayining eng uzun
qismi. U oshqozonning chiqish qismidan boshlanib o‘ng yon-
bosh
chuqurchasida tugab, ko‘richakka o‘tadi. Ingichka ichakning
uzun ligi tirik odamda 2,2 m dan 4,4 m gacha, murdada esa 5–6 m,
ko‘ndalang o‘lchami boshlanish joyida 4,7 sm bo‘lsa, oxirida 2,5–
2,7 sm bo‘ladi. Ingichka ichakda so‘lak va oshqozon shirasi ta’si-
rida maydalangan ovqat bo‘tqasi ichak shirasi, oshqozon osti bezi
shirasi va o‘t ta’sirida parchalanadi. Bu yerda parchalangan oziqa
moddalar qon va limfa tomirlariga so‘riladi.
Ingichka ichakda uch
qism: o‘n ikki barmoq ichak, och ichak va yonbosh ichak tafovut
qilinadi. Och va yonbosh ichakda ichaktutqichi bo‘lgani uchun in-
gichka ichakning tutqichli qismi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: