Ichak dispepsiyasi sindromi - kindik atrofi soxasida noxush xolat, qorin kengayishi, kuldirashi bilan namoyon bo’ladi
Enterit koprologik sindromi - ich ketishining tezlashishi (1 sutkada 10-20 martagacha), najasning ko’p mikdorda ajralishi (polifekaliya) - 1 sutkada 1,5-2 kg gacha (normada 100-200 g) xastalikka xos belgidir.
So’rilish yetishmasligi sindromi - bemorning tana vazni kamayishi (og’ir xolatlarda kaxeksiyagacha), umumiy quvvatsizlanish, loxaslik, ish qobiliyatining kamayishi bilan namoyon bo’ladi
Ko’rish. Bemorlar terisi rangi bo’zargan, ozib ketgani, qorni dimlangani aniqlanadi.
Ko’rish. Bemorlar terisi rangi bo’zargan, ozib ketgani, qorni dimlangani aniqlanadi.
Palpatsiyada kindik atrofida kuchsiz og’rik seziladi
Rentgen tekshirishlarida diskineziya belgilari bilan kuzatiladigan gipotoniya, ingichka ichakda gaz mavjudligi aniqlanadi.
Surunkali enteritda koprogramma
Fizik xususiyatlari: och jigar rangda, konsistensiyasi bo’tqasimon yoki qattiq (shakllangan najas).
Kimyoviy xususiyatlari: rN 6,5-7 (bir oz nordon – neytral), bilirubinga reaksiya manfiy yoki musbat, sterkobilinga reaksiya – musbat, yallig’lanish oqsili va leykotsitlarga reaksiya – musbat.
Mikroskopiya: katta miqdorda sovunlar va yog’ kislotalari