YALLIGLANISHGA QARSHI DORILAR
Yallig‘lanish organizmning turli xil ekzogen va endogen jaroxatlovchi omillarga,
jumladan bakterial va virusli, parazitar infeksiyalar,
hamda allergenlar, fizik va kimyoviy
ta’sirotlarga bo‘lgan universal reaksiyasidir. Ular ham maxalliy, ham umumiy (keng tarqalgan)
o‘zgarishlarni yuzaga keltiradilar.
Infeksion va noinfeksion tabiatli patologiyalarning ko‘p shakllarida yuzaga keluvchi
yallig‘lanish jaroyoni xaddan tashqari keskin bo‘lishi mumkin. Bunda a’zo, to‘qimalarning
funksiyalari buziladi, shunga e’tiboran, etiotrop terapiyadan tashqari (agar mumkin bo‘lsa)
yallig‘lanish jarayonini eng o‘rinli yo‘l bilan to‘xtatish katta amaliy ahamiyatga egadir. Xozirgi
vaqtda yallig‘lanishga qarshi vositalar ko‘pgina xastaliklar
va patologik xolatlarning
farmakoterapiyasining muqarrar tarkibiy qismlaridir.
Yallig‘lanish murakkab jaroyon bo‘lib ko‘pgina endogen moddalar bilan boshqariladi.
Ushbu moddalar yallig‘lanishda ishtirok etuvchi ( semiz xujayralar, polimorf yadroli leykotsitlar,
monotsitlar, makrofaglar, endoteliy xujayralari, trombositlar) har-xil xujayra unsurlari tomonidan
ishlab chiqariladi. Ular prostonoidlar, leykotren, NO, trombositlarni faollashtiruvchi (TFO, RAF)
omil,
gistamin, ba’zi interleykinlar va boshqalar kabi biologik faol moddalarni ajratadilar. Shu
sababli yallig‘lanishni farmakologik boshqarish imkoniyatlari juda xilma-xil. Odatda ular
yallig‘lanish jarayonini rag‘batlantiruvchi moddalarni ishlab chiqarish va ajratishga qaratilgan
bo‘ladi. YAllig‘lanishga qarshi vositalarni yaratish nuqtaiy nazardan yallig‘lanishda ishtirok
etuvchi xujayra membranalari fosfolipidlaridan sintezlanuvchi biologik
faol moddalarni hosil
bo‘lishiga ta’sir etuvchi birikmalar katta qiziqish uyg‘otadi. Shunday moddalarning ta’sir
yo‘nalishlari quyidagicha.
1.
Prostanoidlarni (prostaglandinlar, trombaksan), leykotrenlarni va trombositlarni
faollashtiruvchi omilni (TFO) hosil bo‘lishini nazorat qiluvchi fosfolipaza A
2
faolligini
susaytirish; glyukokortikoidlar shunday ta’sir etadilar.
2.
Prostanoidlarning biosintezini boshqaruvchi siklooksigenaza (SOG) faolligini
susaytirish (nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalar.
3.
Prostonoidlar reseptorlarini qamal qilish (tromboksanning antagonisti Sulotroban)
4.
Leykotrenlar hosil bo‘lishida qatnashuvchi 5-lipooksigenaza
faolligini qamal
qilish (zileuton).
5.
Leykotren reseptorlarini qamallash (LTD
4
uchun Zafirlukast)
6.
TFO bog‘lanadigan reseptorlarni qamallash ( TFO analoglari, alprazolam)
Yallig‘lanishga qarshi vositalarni kimyoviy tuzilishi bo‘yicha steroid va nosteroidlarga
ajratish qabul qilingan.
Steroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalarga glyukokortikoidlar
ta’aluqlidir. Ularning yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmi araxidon kislotasining hosil
bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan fosfolipaza A
2
faolligini susaytirish bilan bog‘liq.
Glyukokortikoidlar fosfolipazaga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi,
balki endogen proteinlar
lipokortinlarni (sinonimi-aneksinlar) sintezi va ajralishiga imkoniyat yaratadilar. U esa o‘z
navbatida qayd etilgan fermentni susaytiradi. Glyukokortikoidlar araxidon kislotasini hosil
bo‘lishi darajasida ta’sir etishlarini xisobga olganda ularning yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarini
yuzaga chiqishidan faqat prostonoidlar, balki oksikislotalar va leykotrenlar,
hamda TFO ni
sintezini susayishi xam axamiyatga ega. Glyukokortikoidlar farmakodinamikasi xaqida kengroq
ma’lumotlar boshqa bo‘limda keltirilgan.
Nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalarga siklooksigenaza faolligini
susaytiruvchi va shu tufayli protanoidlar (prostaglandinlar va tromboksan) biosintezini
susaytiruvchi birikmalar mansubdir.
Keyingi yillarda siklooksigenazaning kamida ikki xili 1- va 2- tipi mavjud ekanligi
aniqlangan. Siklooksigenaza-1 (SOG-1) fiziologik xolatlarda
xam ishlab chiqariladi va
organizmda prostanoidlarni hosil bo‘lishini boshqaradi. Siklooksigenaza-2 (SOG-2) ni ishlab
chiqarishini ko‘p jixatdan yallig‘lanish jarayoni rag‘batlantiradi
1
. Shu tufayli siklooksigenazani
turli xillariga ta’sir etuvchi moddalarni yaratish bo‘yicha izlanishlar boshlandi.
SOG-2 ingibitorlarini yaratish eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi, chuki ular yallig‘lanishni
bartaraf etish bilan bir qatorda fiziologik (yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lmagan) axamiyatga ega
bo‘lgan prostanoidlar biosintezini susaytirish bilan bog‘liq ko‘pgina noxush ta’sirlarni
rivojlanish xaf-xatarini kamaytiradi. Dastlabki SOG-2 ni tanlab susaytiruvchilar yaratilgan va
klinik sinovlardan o‘tdilar, shu sababli nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga
qarshi
vositalarni quyidagicha tasnifi maqsadga muofiqdir