Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

So‘rilish
So‘rilish deganda suv va unda erigan oziqa moddalar, tuz-
lar va vitaminlarni hazm kanalidan qon va limfaga o‘tish ja-
rayoni tushuniladi. Ba’zi bir dori moddalar (nitroglitserin) og‘iz 
bo‘shlig‘i shilliq pardasi orqali so‘riladi. Oshqozonda alkogol va 
ba’zi bir dorilar yaxshi so‘rilsa, suv juda kam so‘riladi. So‘rilish 
asosan vorsinkalar hisobiga yuzasi 1300 m
2
tashkil qiladigan in-
gichka ichakda o‘tadi. Vorsinkalarning alohida mu shak hujayra-
lari ularni qisqarishini va ichidagi mah sulotlarni oqishini ta’min-
laydi. Vorsinkalar xuddi mikronasos kabi ishlaydi. Ichak epiteliyi 
hujayralari bir xil moddalarni (aminokislotalar va glukoza) o‘tka-
zuvchi va boshqa moddalarni o‘tishiga qarshilik qiluvchi (par-
chalanmagan oqsil va kraxmal) yarim o‘tkazuv chan membrana-
ni hosil qiladi. O‘n ikki barmoq ichak shilliq pardasida vorsin-
kalarni qo‘zg‘atuvchi villikining gormoni hosil bo‘ladi. Amino-
kislotalar va glukoza vorsinka kapillyarlaridagi qonga so‘rilib, 
undan ichak venalariga o‘tadi va darvoza venasi orqali jigarga 
kiradi. Ichakdan o‘tgan barcha qon jigar orqali o‘tib, unda oziqa 
moddalar turli o‘zgarishga uchraydi.
Yog‘lar asosan limfaga so‘riladi. Ichakda yog‘lar glitserin va 
yog‘ kislotalarga parchalanadi. Glitserin suvda eriydi va oson 


229
so‘riladi. Yog‘ kislotalarini o‘t kislotalari eriydigan holga kel-
tiradi va ular bilan birga so‘riladi. Agar ichakda o‘t kislota tuz-
lari bo‘lmasa, yog‘larning hazm bo‘lishi va so‘rilishi buziladi va 
yog‘ning ko‘p qismi axlat bilan yo‘qotiladi. Yo‘g‘on ichakda aso-
san suv so‘riladi.
Ba’zi bir tuzlar (magniy sulfat va natriy sulfat) ichakda ju-
da yomon so‘riladi. Ularni qabul qilgandan keyin himusning os-
matik bosimi oshadi va suv qondan ichakka chiqib uni to‘ldirib 
cho‘zadi va peristaltikani kuchaytiradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin