Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Fiziologiyasi. 
Oshqozon osti bezi shirasi rangsiz, ishqoriy 
mu hit ga ega tiniq suyuqlik. Uning tarkibida oziqa moddalarni 
gidroliz ga uchratib, so‘rilishi va organizm hujayralari o‘zlashti-
rishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarga parchalovchi fermentlar bor. 
Oqsilni parchalovchi fermentlar (tripsin, ximotripsin) oqsil mo-
lekulasini aminokislotalarda parchalaydi. Lipaza fermenti yog‘ni 
glitserin va yog‘ kislotasiga, amilaza va maltaza murakkab ugle-
vodlarni monosaxaridlargacha, nukleaza bo‘lsa, nuklein kislota-
larni parchalaydi. Oshqozon osti bezining faoliyati neyro-gumo-
ral yo‘l bilan boshqariladi.
Oshqozon osti bezi shirasi ovqat qabul qilgandan 2–3 da-
qiqa o‘tgach, chiqa boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i retseptorlarining 
ovqat bilan ta’sirlanishi oshqozon osti bezini peflektor ravishda 
qo‘zg‘atadi.
Oshqozon osti bezi shirasini keyinchalik ajralishi o‘n ikki bar-
moq ichak shilliq pardasini ovqat bo‘tqasi va oshqozon shirasi 
tarkibidagi xlorid kislota bilan ta’sirlanishi hisobiga qo‘llab turi-
ladi. Bu ta’sir lovchilar ta’sirida ichakning shilliq pardasida sekre-
tin va pankreomizin gormonlari chiqib, qonga so‘riladi va qon 
bilan oshqozon osti bezi hujayralariga borib, ularni qo‘zgatadi.
O‘n ikki barmoq ichak shilliq pardasida duodenal bezlar 
joylash gan. Ular tarkibida nofaol tripsinogenni oqsilni parcha-
lovchi faol ferment tripsinga aylantiruvchi ferment enterokinaza 
bor ichak shirasini chiqaradi. Ichak shirasidan tashqari ko‘p miq-
dorda himoya vazifasini bajaruvchi shilliq ham chiqaradi.
Qorinparda
Qorinparda 
(peritoneum) 
qorin bo‘shlig‘i devorini va uning 
ichida joylashgan a’zolarni qoplagan seroz pardadir (122-, 123-
rasm). U ikki: qorin bo‘shlig‘i devorini qoplagan parietal qo-
rinparda
 
va ichki a’zolarni o‘ragan visseral qorinpardadan
 
ibo-
rat. Bu ikki varaq bir-birining uzluksiz davomi bo‘lib erkaklarda 
tash qi muhit bilan aloqasi bo‘lmagan (ayollarda bachadon nayi-
ning qorin teshigi orqali tashqi muhit bilan qo‘shiluv chi) qo-
rinparda bo‘shlig‘ini
 
hosil qiladi. Bu bo‘shliq parietal va visse-
ral qorinpardaning o‘rtasida tor yoriq shaklida joylashadi. Uning 
ichida qorinparda yuzasini namlab, a’zolarning erkin haraka-


238
tini ta’minlab turuv chi oz miqdorda-
gi seroz suyuqlik bo‘ladi. Qorinpar-
daning umumiy sat hi 1,71 m
2
ga teng 
bo‘lib, ust tomondan mezoteliy hu-
jayralari bilan qop langan. Qorinparda 
bilan qorin devori o‘rtasida tarkibida 
yog‘ to‘qimasi bo‘lgan seroz osti asosi
 
bor. Uning qalinligi hamma yerda bir 
xil emas. Diafragma sohasida bu qat-
lam bo‘lmay, qorinning orqa devorida 
yaxshi rivojlanib buyrak, buyrak usti 
bezi va boshqa a’zolarni o‘rab tura-
di. Qorinparda qorin bo‘shlig‘i devo-
ridan a’zolarga yoki a’zolardan a’zo-
larga o‘tish joylarida burmalar, boy-
lamlar, chuqurchalar va tutqichlar 
hosil qiladi.
Qorinning oldingi devorini qop-
lagan parietal qorinparda yuqo 
riga 
diafragmaning pastki yuzasiga o‘tadi. 
Diafragmaning pastki yuzasidan qo-
rinparda o‘roqsimon boylam

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin