248
3. Ko‘ndalang cho‘michsimon mushak toq, o‘ng va chap cho‘-
michsimon tog‘aylarning orqa tomonida ko‘ndalangiga tortilgan.
Qisqarganida cho‘michsimon tog‘aylarni
bir-biriga yaqinlashtira-
di va ovoz yorig‘ining orqa qismi torayadi.
4. Qiyshiq cho‘michsimon
mushak juft, bitta cho‘michsimon
to g‘ayning mushak o‘siqchasidan medial va yuqoriga yo‘nalib,
ko‘ndalang cho‘michsimon mushak orqasida qarama-qarshi mu-
shak tolalari bilan kesishib, ikkinchi tog‘ayning
lateral chekkasi-
ga birikadi. Bu mushakning bir qism tolalari hiqildoq usti tog‘ayi
lateral chekkasiga birikib, cho‘michsimon-hiqildoq usti musha-
gini hosil qiladi. Cho‘michsimon tog‘aylar orasidagi qiyshiq mu-
shak qisqarganida cho‘michsimon tog‘aylarni
bir-biriga yaqinlas-
htiradi. Cho‘michsimon-hiqildoq usti mushagi bilan birgalikda
hiqildoqqa kirish teshigini toraytiradi. Cho‘michsimon-hiqildoq
usti mushagi hiqildoq usti tog‘ayini orqaga tortib, hiqildoqqa ki-
rish teshigini yopadi.
III. Ovoz boylamining tarangligini o‘zgartiruvchi mushaklar:
1. Uzuksimon-qalqonsimon mushak juft, uzuksimon tog‘ay ra-
vog‘i ning oldingi yuzasidan boshlanib, yuqoriga va lateral yo‘na-
lib, qalqonsimon tog‘ayning pastki chekkasi va pastki shoxiga bi-
rikadi. Qisqarganida qalqonsimon tog‘ay oldinga engashadi. Qal-
qonsimon va cho‘michsimon tog‘aylar orasidagi masofa uzayib
ovoz boylamlari taranglashadi.
2.
Ovoz mushagi juft, ovoz burmasi ichida yotadi. Qalqonsi-
mon tog‘ay burchagi pastki qismining ichki yuzasidan boshlanib,
orqaga yo‘naladi va cho‘michsimon tog‘ay tovush o‘siqchasiga
birikadi. Bu mushak ovoz boylamiga tegib turadi va uning tola-
lari ovoz boylamiga chatishib ketadi.
Qisqarganida ovoz boylami
taranglashadi.
Hiqildoq bo‘shlig‘i shakl jihatidan (128-rasm) qum soatga
o‘x shab, o‘rta qismi toraygan, yuqori va pastki qismi kengaygan
bo‘ladi. Unda uch:
hiqildoq dahlizi, qorinchalararo qism va ovoz
boylamlari ostidagi bo‘shliq tafovut qilinadi. Havo halqumdan hi-
qildoqqa kirish teshigi orqali hiqildoq qa kiradi. Hiqildoq qa ki-
rish
teshigi
Dostları ilə paylaş: