246
kadi.
Ikkinchi jufti uzuksimon
tog‘ay ravog‘ini plastinkaga o‘tgan
joyida bo‘lib, qalqonsimon tog‘ayning pastki shoxi bilan bo‘g‘im
hosil qiladi.
Hiqildoq usti tog‘ayi
toq elastik tog‘ay, barg shaklida bo‘ladi.
U hiqildoqqa kirish teshigi ustida old tomonda joylashgan. Uning
to ray gan hiqildoq usti tog‘ayining butog‘i qalqonsimon tog‘ayning
ich ki yuzasiga birikkan, qavariq
oldingi y uzasi til ildiziga, orqa
botiq yuzasi hiqildoq bo‘shlig‘iga qaragan bo‘ladi.
Cho‘michsimon tog‘ay
juft gialin tog‘ay bo‘lib, uch qirra-
li piramida shaklida. Uning uchburchak shaklidagi asosi
pastga
qaragan bo‘lib, uzuksimon tog‘ay bo‘g‘im
yuzasi bilan harakat-
chan bo‘g‘im hosil qiladi. Cho‘michsimon tog‘ay uchi o‘tkir va
biroz orqaga egilgan. Cho‘michsimon tog‘ay asosidan oldinga qa-
rab ovoz boylami birikadigan ovoz o‘siq chasi,
lateral tomonga qa-
rab mushak birikadigan mushak o‘siqchasi
chiqqan. Cho‘michsi-
mon tog‘ayni uchta:
oldingi lateral, medial va orqa yuzasi tafo-
vut qilinadi.
Shoxchali tog‘ay
juft, kichkina, konussimon elastik tog‘ay
bo‘lib, cho‘michsimon tog‘ayning uchida cho‘michsimon-hiqil-
doq usti burmasi ichida joylashgan.
Ponasimon tog‘ay
juft kichkina elastik tog‘ay bo‘lib, cho‘mich-
simon-hiqildoq usti burma ichida shox simon tog‘aydan
oldinda va
yuqorida yotadi.
Hiqildoq tog‘aylari o‘zaro va til osti suyagi bilan bo‘g‘imlar
hamda boylamlar vositasida birikadi. Hiqildoq tog‘aylari harakati
ikki juft bo‘g‘imga mushaklarning ta’siri ostida bo‘ladi.
Uzuksimon-qalqonsimon bo‘g‘imi
qalqonsimon tog‘ayning
pastki shoxi bilan uzuksimon tog‘ayning oldingi yon yuzasidagi
bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Uzuksimon-cho‘michsimon bo‘g‘im
ham juft bo‘lib, cho‘-
mich simon tog‘ay asosidagi bo‘g‘im
yuzasi bilan uzuksimon
tog‘ay plastinkasidagi bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Cho‘michsimon tog‘ayni uchi bilan shoxsimon tog‘ay o‘rtasi-
da sinxondroz hosil bo‘ladi. Hiqildoq til osti suyagi bilan qalqon-
simon tog‘ayning yuqori chekkasi va til osti suyagi o‘rtasida tor-
tilgan qalqonsimon-til osti pardasi
vositasida bog‘langan.
Bu par-
da keng biriktiruvchi to‘qimali qatlam bo‘lib, o‘rta qismida qalin-
lashib, o‘rta qalqonsimon-til osti boylamini,
Dostları ilə paylaş: