250
Ovoz burmasi sohasidagi shilliq parda oqish-kulrang rangi bilan
ajralib turadi. Ovoz burmasining shilliq pardasi ovoz boylami va
mushak bilan pishiq birikkan bo‘lib, bezlari yo‘q.
Hiqildoqning shilliq pardasi ostida elastik parda bo‘lib, yuqo-
ri qismida to‘rtburchakli pardani, pastida
esa elastik konusni ho-
sil qiladi. To‘rt burchakli parda
fibroz-elastik qatlamdan iborat
bo‘lib, old tomondan qalqonsimon tog‘ay,
yuqoridan hiqildoq usti
tog‘ayi, orqadan cho‘michsimon tog‘ay o‘rtasida tortilgan. Uning
pastki chekkasi dahliz boylami asosini hosil qiladi. Hiqildoqning
elastik konusi
juft trapetsiya shaklidagi qatlam bo‘lib,
old tomon-
dan qalqonsimon, past dan uzuksimon, orqadan cho‘michsimon
tog‘aylarga birikadi. Uning qalqonsimon tog‘ay bilan cho‘mich-
simon tog‘ayning tovush o‘simtasi o‘rtasida tortilib, qalinlashgan
qismining yuqori chekkasi ovoz boylamini hosil qiladi.
Bolalar va ayollarda hiqildoqning o‘lchamlari
erkaklarga nisba-
tan kichik bo‘lgani uchun ularning ovoz boylami qisqa va tovushi
baland. Hiqildoqning o‘lchamlari balog‘at davrida sezilarli o‘zga-
radi, shuning uchun bolalarda ovozi sinib tovushi pasayadi.
Kekirdak
Kekirdak
(trachea)
Dostları ilə paylaş: