Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
havo o‘tkazuvchi naysimon a’zo (129-
rasm). U VI bo‘yin umurtqasi sohasida boshlanib, V ko‘krak 
umurtqasi sohasida kekirdak ayrisini
 
hosil qilib ikkita bosh 
bronx ga bo‘linadi. Kekirdak ning uzunligi 9–11 sm, kengligi 15–
18 mm bo‘lib, oldindan orqaga qarab biroz siqilgan bo‘lgani 
uchun ko‘ndalang o‘lchami oldingi orqa o‘lcha midan 1–2 mm 
katta. Kekirdakda bo‘yin va ko‘krak qismlari tafovut qilinadi.
129-rasm. Kekirdak va bronxlar.
Old tomondan ko‘rinishi:
1–hiqildoq; 2–uzuksimon-kekirdak boylami; 
3–kekirdak tog‘aylari; 4–kekirdakning halqasi-
mon boylamlari; 5–kekirdak ayrisi; 6–chap bosh 
bronx; 7–chap ustki bo‘lak bronxi; 8–chap past-
ki bo‘lak bronxi; 9–o‘ng bosh bronx; 10–o‘ng 
pastki bo‘lak bronxi; 11–o‘ng o‘rta bo‘lak
bronxi; 12–o‘ng ustki bo‘lak bronxi;
13–kekirdak.


251
Kekirdakning bo‘yin qismi
 
VII
 
bo‘yin umurtqasi sohasida joy-
la shadi. Bu qismda uning old tomonida ikkinchidan to to‘rtinchi 
kekirdak tog‘aylari sohasida qalqonsimon bezning bo‘g‘zi tura-
di. Bezning o‘ng va chap bo‘laklari esa beshinchi yoki oltinchi 
tog‘aygacha tu shadi. Kekirdakning orqa tomonida qizilo‘ngach, 
yon tomonida esa bo‘yinning tomir li – nervli dastasi yotadi.
Kekirdakning ko‘krak qismi
 
orqasida qizil o‘n gach, oldida aor-
ta ravog‘i, yelka-bosh poyasi, chap yelka-bosh venasi va ayrisimon 
bez, o‘ng va chap tomonlarida mediastinal plevra joylashadi.
Kekirdakning asosi o‘zaro kekirdakning halqasimon boy-
lamlari
 
vositasida birikkan 16–20 ta kekirdak tog‘aylaridan
 
ibo-
rat. Ular kekirdak aylanasining uchdan ikki qismini egallaydi. 
Ularni orqa tomondan aylanma va bo‘ylama yo‘nalishdagi shilliq 
mushak tolalaridan tashkil topgan parda devor
 
biriktirib turadi.
Kekirdak devorini ichki tomondan kiprikli epiteliyli shilliq 
parda qop lagan. Unda shilliq bezlari va limfoid tugunchalar bor. 
Uning ostidagi shilliq osti asosda

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin