260
deyilib, uning hajmi 2500 ml ga teng. O‘pka havosi hajmi va O‘TS
spirometr yoki spirograf yordamida o‘lchanadi.
NAFAS A’ZOLARI PATOLOGIYASI
Nafas olish ritmining buzilishi
Harsillash
nafasning harakat ritmi va harakat kuchining buzi-
lishi bilan xarakterlanuvchi nafas olishning qiyinlashuvidir. Odat-
da, harsillash havo yetishmasligi kabi og‘ir hissiyot bilan kuzati-
ladi.
Harsillashda nafas olishning idora etilishi buziladi, bu uning
tezligi va chuqurligining o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Nafas tez
va sekin, yuzaki yoki chuqur bo‘lishi mumkin. Harsillash kom-
pensator jarayon bo‘lib, uning yordamida organizmdagi gaz al-
mashinuvi qisman to‘g‘rilanadi. Bu kompensatsiyaning to‘la-
to‘kismasligining ko‘rsatkichi hamdir. Chunonchi, yuzaki va tez
nafas bilan kuzatilayotgan harsillashda o‘pkaning nafas olish sat-
hi yetarli qatnashmaydi va gaz almashinuvi kompensatsiyasi yuz
bermaydi.
Patologik jarayonlar o‘pkaning o‘zida bo‘lganda, plevritlarda
va boshqalarda ana shunday bo‘ladi. Harsillashda, ko‘krak qafa-
sining nafas harakatida, odatda, ishtirok etuvchi mushaklardan
tashqari, qo‘ shimcha mushaklar ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu mu-
shaklarning ishi yelka qimirlamay qolganda va tana vertikal ho-
latda bo‘lganda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli har-
sillashda bemorlar, odatda, o‘tirgan, qo‘llari cho‘zilgan va biror-
ta narsaga tiralgan bo‘ladi.
Harsillashning kelib chiqish mexanizmi qonda karbonat kis-
lotasining to‘planlanganliga va nafas markazining ta’sirlanishi-
ga yoki turli ta’sirlarga nisbatan reflektor javob berishiga bog‘liq
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: