8- mavzu. Lipidlarning tuzilishi, funksiyasi va metabolizmi Reja
8- mavzu. Lipidlarning tuzilishi, funksiyasi va metabolizmi Reja 1.Ovqat tarkibidagi va inson organizmdagi lipidlar tasnifi, qurilishi va ularni organizmdagi ahamiyati.
2.YOg‘larning hazmlanishi va so‘rilishi, ularni bolalar organizmidagi o‘ziga xosligi.
3.O‘t kislotalari, ularning yog‘larni hazmlanish va so‘rilishidagi ahamiyati.
4.YOg‘larni ichak devoridagi resintezi.
5.Xilomikronlarning hosil bo‘lishi va tashilishi.
6.Qon lipoproteinlari, lipoproteinlipazaning ahamiyati
“L ip id ia r” terminining umumiy fizik xususiyati - gidrofob, ya’ni suvda erimaydigan, moddalarni okz ichiga oladi. Tuzilishi bo‘ yicha ular turli turnan bo‘lib, umumiy kimyoviy tuzilish belgilari yo’q.
Lipidiar kimyoviy tuzilishi va umumiy biologik xususiyatlari o‘xshash molekulalarni o ‘ z ichiga oigan sinflarga bo’linadi. Organizmdagi lipidlarning asosiy qismini energiya saqlovchi yog’lar - triatsilglitserollar tashkil etadi. Yog’lar, asosan, teri osti y o g ‘ qavatida saqlanadi va issiqlikni saqlash, mexanik himoya
vazifalarini bajaradi.
Fosfolipidlar — lipidlarning katta sinfi, amfifillik xususiyatini beruvchi fosfat kislota qoldig’i saqlaganligi uchun shunday nomga ega. Fosfolipidlarning bu xususiyati membrana qo‘ sh qavatining shakllanishi va ularga oqsillaming botib turishida ahamiyatga ega.
Steroidlar, hayvonot olamida xolesterol va uning unumlari sifatida namoyon bo‘lib, turli-tuman vazifalami bajaradi. Xolesterol- membranalarning muhim tarkibiy qismi va gidrotob qavat xususiyatlarini boshqaruvchi molekuladir. Xolesterol hosilalari (o t kislotalari) yog’larning hazmlanishi uchun zarurdir. Xolesteroldan sintezlanuvchi steroid gormonlar energetik, suv-tuz almashinuvlari,
jinsiy funksiyalami boshqarishda qatnashadi. Steroid gormonlardan tashqari lipidlarning ko‘pchilik unumlari boshqaruvchilik vazifalarini bajarib, juda kam konsentratsiyalarda gormonlar kabi ta sir etadi.
Masalan, trombotsitfaollashtiruvchi omil — o ziga xos strukturali fosfolipid — 10’ 12M konsentratsiyada trombotsitlar agregatsiyasiga kuchli ta’sir etadi; barcha turdagi hujayralarda ishlab chiqariladigan polien y o g ‘ kislotalari unumi bo‘ lgan eykozanoidlar 10’AM dan yuqori bo’lmagan konsentratsiyalarda turli biologik ta’sirlarni vujudga keltiradi. Yuqorida keltirilgan misollarga ko‘ ra, lipidiar
keng biologik ta’sirga egadir.
Lipidiar organizmda muhim vazifalami bajaradi:
1. Biomembranalaming asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
2. Biologik membranalar o ‘ tkazuvchanligini ta minlaydi.
3. Nerv impulslarini o ‘ tkazishda ishtirok etadi.
4. Hujayralararo kontaktni ta’minlashda ishtirok etadi.
5. Organizmda energetik zaxira vazifasini o ‘ taydi.
6. Organizmga y o g ‘ da eruvchi vitaminlarning tushishi va ularning
o‘zlashtiriiishini ta’minlaydi.
Inson to'qimalarida turli sinf lipidlarining miqdori keskin farqlanadi. Yog‘ to'qimasida y o g‘lar quruq o g ’irlikning 75 % gacha bo’ladi. Nerv to‘qimasida lipidiar quruq o g ‘ irlikning 50 % gacha bo‘ lib, ularning asosiy qismini fosfolipid va sfingomielinlar (30 %), xolesterol (10 %), gangliozid va serebrozidlar (7 % ) tashkil etadi.
Jigarda lipidlarning umumiy miqdori me’ yorda 10-13 % dan ortmaydi.
Lipidiar almashinuvining buzilishi ko‘p kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi, lekin insonlar 0‘rtasida ulardan keng tarqalgani ikkita - semizlik va ateroskleroz.
Turli sinf lipidiar tuzilishi va funksiyalari bo‘ yicha keskin farqlanadi. K o ‘pchilik lipidiar tarkibida glitserol, xolesterol bilan murakkab efir bog‘ i orqali yoki amid bog‘ i orqali aminospirt sfingozin bilan bog‘ langan y o g ‘ kislotalar saqlaydi.