LIPIDLARNING ALMASHINUVI
Lipidlar organizmlarga oziq moddalar bilan tushib turadi. Jumladan, odam organizmiga go’sht va go’sht mahsulotlari (5 - 20%), sut (3%), sut mahsulotlari (25%), baliq (5 - 10%), tuxum (10%), sabzavot va un maxsulotlari bilan tushib turadi. Lipidlarning hazm bo’lishi ichaklarda, asosan, o’n ikki barmoq ichakda o’tadi. Ma’lumki, o’n ikki barmoq ichakka oshqozon osti bezi shirasi, jigardan ut suyuqligi tushib turadi.
O’t tarkibida xoleinat, dezoksixoleinat, litoxoleinat, xenodezoksixoleinat, tauroxoleinat va glikoxoleinat kislotalari churaydi. Ular kimyoviy tabiati jihatidan sirt-faol moddalar bo’lib, lipidlarni emulsiyaga, ya’ni kattaligi 0,5 mkm gacha bo’lgan zarrachalargacha parchalab yuboradi. Masalan, odam o’tida xoleinat kislotasi uchraydi, u lipidlarni natriy xoleinat yoki kaliy xoleinat tuzlari holida ta’sir etib kichik zarrachalargacha parchalaydi hamda ishkorli muhit hosil qilib, lipaza fermentini ta’sir etishi uchun qulay sharoit yaratdi. Xoleinat va uning tuzlari quyidagi tarkibga ega:
Emulsiya holida kelgan lipidlar, lipaza ta’sirida, tarkibiy qismlarga parchalanadi:
Biroq, gidroliz jarayoni bosqichma-bosqich o’tadi. Uni yog’lar - tristearat misolida yaqqol ko’rish mumkin. Dastlab lipaza ta’sirida 1 - va 3 - uglerod atomlaridagi efir bog’lar osonroq uziladi:
Reaksiya natijasida ajralgan 2 - monostearat gidrolizlanishni davom ettirib tarkibiy qismlarga parchalanishi mumkin, hamda osonlik bilan ichakning suruvchi tolalari (vorsinkalari) orqali surilib, u yerda yangi trigliseridlarni, jumladan, tristearatni hosil qilishi mumkin. Surilish jarayonida 2 - monogliseridlarni gliseridlarga sintezlanishi, yog’lar biosintezining eng qulay usulidir.
Gidroliz natijasida hosil bo’lgan metabolitlar, jumladan, gliserin bilan stearat yog’ kislotasi qonga suriladi va tegishli biologik oksidlanishlarga uchrab hazm bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |