Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

O‘pka havosining hajmi.
Tinch holatda katta yoshli odam 500 
ml ga yaqin havo bilan nafas oladi va chiqaradi. Bu miqdor havo-
ni nafas hajmi deyiladi. Tinch nafas olgandan keyin qo‘shimcha 
chuqur nafas olinsa, o‘pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin. 
Bu hajm nafas olishning qo‘shimcha hajmi deyiladi.
Tinch nafas chiqargandan keyin nafas mushaklarining maksi-
mal qisqarishi ta’sirida 1500 ml havoni nafasdan chiqarish mum-
kin. Bu hajm nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi deyiladi.
Nafas havosi, nafas olishning qo‘shimcha hajmi va nafas chiqa-
rish ning qo‘shimcha hajmlarining yig‘indisi (500+1500+1500) 
o‘pkaning tiriklik sig‘imini (O‘TS) tashkil qiladi. Mo‘tadil O‘TS 
ayollarda o‘rtacha 2700 ml, erkaklarda esa – 3500 ml. Jismoniy 
mashq qilganda O‘TS 7500 gacha oshishi mumkin.
Oxirigacha nafas chiqargandan keyin ham o‘pkada 1200 ml havo 
qolib, uni qoldiq havo deb ataladi.
Nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi va qoldiq havo hajmi 
birgalikda o‘pkaning funksional qoldiq sig‘imi (alveolyar havo) 


260
deyilib, uning hajmi 2500 ml ga teng. O‘pka havosi hajmi va O‘TS 
spirometr yoki spirograf yordamida o‘lchanadi.
NAFAS A’ZOLARI PATOLOGIYASI
Nafas olish ritmining buzilishi
Harsillash 
nafasning harakat ritmi va harakat kuchining buzi-
lishi bilan xarakterlanuvchi nafas olishning qiyinlashuvidir. Odat-
da, harsillash havo yetishmasligi kabi og‘ir hissiyot bilan kuzati-
ladi.
Harsillashda nafas olishning idora etilishi buziladi, bu uning 
tezligi va chuqurligining o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Nafas tez 
va sekin, yuzaki yoki chuqur bo‘lishi mumkin. Harsillash kom-
pensator jarayon bo‘lib, uning yordamida organizmdagi gaz al-
mashinuvi qisman to‘g‘rilanadi. Bu kompensatsiyaning to‘la-
to‘kismasligining ko‘rsatkichi hamdir. Chunonchi, yuzaki va tez 
nafas bilan kuzatilayotgan harsillashda o‘pkaning nafas olish sat-
hi yetarli qatnashmaydi va gaz almashinuvi kompensatsiyasi yuz 
bermaydi.
Patologik jarayonlar o‘pkaning o‘zida bo‘lganda, plevritlarda 
va boshqalarda ana shunday bo‘ladi. Harsillashda, ko‘krak qafa-
sining nafas harakatida, odatda, ishtirok etuvchi mushaklardan 
tashqari, qo‘ shimcha mushaklar ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu mu-
shaklarning ishi yelka qimirlamay qolganda va tana vertikal ho-
latda bo‘lganda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli har-
sillashda bemorlar, odatda, o‘tirgan, qo‘llari cho‘zilgan va biror-
ta narsaga tiralgan bo‘ladi.
Harsillashning kelib chiqish mexanizmi qonda karbonat kis-
lotasining to‘planlanganliga va nafas markazining ta’sirlanishi-
ga yoki turli ta’sirlarga nisbatan reflektor javob berishiga bog‘liq 
bo‘ladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin