269
ruv nayini hosil qilsa, ayollarda alohida bo‘lib,
qin dahliziga ochi-
ladi. Siydik a’zolari tizimi qondan siydik ajratuvchi (buyrak), siy-
dikni buyrakdan olib ketuv chi (buyrak kosachalari, buyrak jomi,
siydik nayi), siydikni to‘plov chi (qovuq) va organizmdan chiqa-
rib yuboruvchi (siydik chiqaruv nayi)dan iborat.
Buyrak
Buyrak
(ren)
bel sohasida umurtqa pog‘onasining
ikki yon
tomonida qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida qorinpardaning or-
qasida joylashgan juft a’zo (132-rasm). U loviyasimon shaklga,
to‘q qizil rangga ega. Katta yoshdagi odamda buyrakning uzun-
ligi 10–12 sm, kengligi 5–6 sm, qalinligi 4 sm, og‘irligi 120–
200 g bo‘ladi. Katta odam buyragining yuzasi silliq.
Unda qava-
riq oldingi yuzasi, yassi orqa yuzasi, yuqorigi uchi,
pastki uchi,
qavariq
lateral chekkasi,
botiq medial chekkasi tafovut qilina-
di. Medial chekkasining o‘rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan
chegaralangan botiqlik,
buyrak darvozasi
joylashgan. Bu yerdan
buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik nayi,
vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak
darvozasi ichkariga bo-
tib kirgan buyrak bo‘shlig‘iga
o‘tib ketadi.
Buyraklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, past-
ki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o‘ngiga nisbatan yuqori-
roq turadi.
Chap buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak umurtqasining o‘rta-
sida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqori chekkasi sohasi-
da turadi. O‘ng buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak
umurtqasi-
ning pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqa ta-
nasining o‘rta sohasida turadi. XII qovurg‘a chap buyrakning or-
qa yuzasining o‘rtasidan, o‘ng buyrakning
esa yuqori uchidan ke-
sib o‘tadi.
Buyrakning orqa yuzasi uning pardalari bi-
lan diafragmaga, belning kvadrat mushagi, qo-
rinning ko‘ndalang
mushagi va katta bel mu-
Dostları ilə paylaş: