Anatomiya 2014. indd


davom etadi. Naycha piramida- ga kirib, to‘g‘ri naychaga



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
davom etadi. Naycha piramida-
ga kirib, to‘g‘ri naychaga
 
aylanadi. U qovuzloq hosil qilib (Genle 
qovuzlog‘i), po‘stloqqa qaytadi va ikkilamchi buralma naycha no-
mini oladi. Nefronni distal qismi qo‘shuvchi naycha
 
deb atalib, 
yig‘uvchi naychaga
 
quyiladi. Nefron bor bo‘yiga unga kelayotgan 
va yonida turgan qon tomir lar bilan o‘ralgan. Bitta nefron nay-
chasining uzunligi 20–50 mm. Ikkala buyrakdagi barcha nefron-
larning umumiy uzunligi 100 km ga yaqindir. Nefronning 80 %ga 
yaqini po‘stloq qavatda joylashgan. 20 % nefronning koptokcha-
si mag‘iz moddaga yondashgan bo‘lib, ularning to‘g‘ri naychalari 
va qovuzlog‘i mag‘iz moddada joylashadi. Bularni yukstamedul-
lar nefronlar deb ataladi. Har bir buyrak piramidasining uchidagi 
buyrak so‘rg‘ichi buyrakning kichik kosachasi
 
bilan o‘ralgan. 
Ularning soni 8–9 ta. Kichik kosachalarning 2–3 tasi o‘zaro 
qo‘shilib, katta kosachani hosil qiladi. Ularning o‘zaro qo‘shi-
lishidan voronkasimon buyrak jomi hosil bo‘ladi. Buyrak jomi to-
rayib, siy dik nayiga o‘tib ketadi. Kichik, kat-
134-rasm. Buyrak tanachasining tuzilishi:
1–bo‘laklararo arteriya; 2–kapillyar koptokchaga
kiruvchi arteriola; 3–kapillyar koptokchalardan 
chiquv chi arteriola; 4–kapsula bo‘shlig‘i;
5–koptok cha kapsulasi; 6–birlamchi buralma naycha; 
7–koptokcha kapillyar to‘ri.


272
ta kosachalar va buyrak jomining devori shilliq, mu shak va tashqi 
adventitsial qavatlardan iborat. Buyrak tashqi tomondan uch qa-
vat: buyrakning fibroz g‘ilofi, buyrakning yog‘ g‘ilofi va buyrak 
fassiyasi bilan o‘ralgan. Buyrakning fib roz g‘ilo fi
 
buyrak to‘qi-
masidan oson ajraydi. Buyrakning fibroz g‘i lofi ustidan yaxshi ri-
vojlangan yog‘ moddadan iborat buyrakning yog‘ g‘i lofi qopla-
gan bo‘lib, buyrak darvozasi orqali uning bo‘shlig‘iga kiradi. Bu 
g‘i lof buyrakning orqa tomonida yaxshi rivojlangan bo‘lib, o‘zi-
ga xos yog‘ yostiqcha – buyrak atrofidagi yog‘ tanachalarni hosil 
qiladi. Buyrakning yog‘ g‘ilofi ustidan qop lagan buyrak fassiyasi 
qorinning orqa devoridagi mushak fassiyasining davomi hisobla-
nadi. U buyrakning tashqi chekkasida ikki varaqqa ajralib, buy-
rakni oldingi va orqa tomonidan o‘rab oladi. Bu varaqlar buyrak-
ning ichki qirrasida o‘zaro birikmaydi. Fassiyaning oldingi varag‘i 
buyrak qon tomirlarini, qorin aortasi va pastki kavak venani old 
tomondan qoplab, qarama-qarshi tomondagi shunday fassiya bi-
lan qo‘shiladi.
Buyrak fassiyasining orqa varag‘i o‘ng va chap tomonda 
umurtqa pog‘onasining yon tomonlariga birikadi. Buyrak fas-
siyasining olgingi va orqa varaqlari buyrakning yuqori uchi so-
hasida o‘zaro qo‘shiladi, pastki uchida esa birikmaydi. Buyrak 
fassiyasi buyrakning yog‘ g‘i lofini teshib o‘tuvchi biriktiruvchi 
to‘qima tolalari vositasida buyrakning fibroz g‘ilo figa birikadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin